Vityaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"VITYAZ" — 1) yelkan-vintli harbiy kema (korvet). "V".da 1871 y. N. N. Mikluxo-Maklay Yangi Gvineya oroliga yetib borgan; 2) rus ekskursiya kemasining nomi (1836 y. qurilgan). "V", yordamida rus admirali S. O. Makarov rahbarligidagi ekspeditsiya 1886—89 yillarda dunyo aylanasi boʻylab suzgan va okeanografiyaga oid katta tadqiqotlar oʻtkazgan; 3) okeanologiya, okeanografiya va gidrobiologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish uchun 1948 y. kurilgan kema. Bir qancha lab. va murakkab asbob-uskunalar bilan jihozlangan bu kemada 1949 y.dan Tinch okean, Hind va Atlantika okeani hamda dengizlarni har tomonlama oʻrganish, ulardagi hayvonlar bilan oʻsimliklar olamini tekshirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan okeanning chuqur (6000 m) joylarida yashaydigan hayvonlarning yangi-yangi turlari topilgan. "V". 1979 i. foydalanishdan chiqarilib, Kaliningrad portiga qoʻyilgan; 4) qad. Rusda dovyurak, jasur jangchi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil