Vittorio Parigini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vittorio Parigini
Parigini 2015-yilda "Perugia" klubi bilan o'yinda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-mart 1996-yil (1996-03-25) (28 yosh)
Tavallud joyi Moncalieri, Italiya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Como
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000 — 2006 Pancalieri
2006 — 2013 Torino
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 — 2020 Torino 17 (0)
2013 — 2014Juve Stabia (ijara) 14 (0)
2014 — 2016Perugia (ijara) 49 (8)
2016 —Chievo (ijara) 3 (0)
2017 —Bari (ijara) 15 (1)
2017 — 2018Benevento (ijara) 21 (0)
2020 — Genoa 4 (0)
2020 —Cremonese (ijara) 15 (3)
2021 —Ascoli (ijara) 10 (0)
Milliy terma jamoa
2011 — 2012

Italiyaning 16 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
7 (0)
2012 — 2013

Italiyaning 17 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
17 (3)
2013 — 2014

Italiyaning 18 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
2 (1)
2014 — 2015

Italiyaning 19 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
11 (4)
2015

Italiyaning 20 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
1 (0)
2015 — 2017

Italiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
21 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 10-sentyabr uchun)

Vittorio Parigini (talaffuzi: Vittoria Parajini) (1996-yil 25-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Hozirgi kunda Vittorio Parigini B seriyaning „Como“ klubida „Genoa“ klubidan ijaraga olingan hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vittorio Parigini Italiyaning Piedmont shahrida tugʻilgan. Vittorio Pariginining onasi Avellino provinsiyasidagi Atripalda shahrida tugʻilgan[1].

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vittorio Parigini Turin shahri chetidagi havaskorlar klubi „Pancalieri“ klubida futbol oʻynay boshlagan. Vittorio Parigini 10 yoshida klub bilan uch kunlik sinovdan soʻng „Torino“ klubi yoshlar jamoasi tarkbiga qabul qilingan. Vittorio Parigini „Allievi Nazionali“ va „Primavera“ klublarida yoshlar murabbiyi boʻlgan Moreno Longo („Torino“ klubi yoshlar jamoasi murabbiyi) qoʻl ostida kuchli oʻyin koʻrsatdi[2][3][4].

2013-yilda, 17 yoshida, Vittorio Parigini professionallar safidagi ilk mavsumida B Seriyada " Juve Stabia " klubiga ijaraga berildi. Vittorio Parigini „Juve Stabia“ klubida 14 oʻyinda maydonga tushdi (shu jumladan, beshtasini boshlangʻich oʻyinda), lekin gol ura olmadi[5].

„Perugia“ klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi yili Vittorio Parigini B seriya vakili „Perugia“ klubiga ijara asosida qoʻshildi[6][7]. Vittorio Parigini „Perugia“ klubi safida 2014-yilning 23-avgustida Italiya kubogining 2-bosqichida „Spezia“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) qoʻshimcha vaqtda gʻalaba golini urdi[8]. Vittorio Parigini 30-avgust kuni „Bologna“ klubiga (2:1) qarshi oʻyinda klub safida debyut qildi. Bu oʻyinda Vittorio Parigini zaxiradan maydonga tushdi va Diego Falcinelli uchun gʻalaba goliga assistentlik qildi[9]. 8-noyabr kuni Vittorio Parigini ligadagi ilk golini „Virtus Entella“ klubi darvozasiga kiritdi[10]. Vittorio Parigini „Perugia“ klubi bilan oʻzining birinchi mavsumini 33 oʻyin va beshta gol bilan yakunladi.

2015-yilning yozida Vittorio Pariginining „Perugia“ klubi bilan ijara muddati uzaytirildi. „Perugia“ klubi bilan ikkinchi mavsum oʻyinlaridan birida Vittorio Pariginining mushaklari yorilib, toʻrt oyga safdan chiqdi va mavsumni 19 liga oʻyinida toʻrtta gol bilan yakunladi[11].

"Chievo" va „Bari“ klublariga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning yozida Vittorio Parigini A Seriyaning „Chievo“ klubiga ijara asosida qoʻshildi. Vittorio Parigini 2016-yilning 13-sentyabrida Italiya kubogining 3-raundida „Virtus Entella“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) zaxiradan maydonga tushdi. Vittorio Parigini klub bilan A Seriyadagi debyutini sakkiz kundan soʻng, 20 yoshida, „ Inter“ ga qarshi oʻz uyida (2:0) oʻtkazdi.

2017-yilning yanvarida Vittorio Parigini B Seriyaning „Bari“ klubiga ijaraga oʻtdi. Vittorio Parigini " Galetti "dagi birinchi golini 2017-yilning 27-fevralida „Brescia“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[12].

„Benevento“ klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 31-avgustida Vittorio Parigini 2018-yilning iyunigacha ijara asosida „Benevento“ klubi safiga qoʻshildi.

Torino[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning yozida Vittorio Parigini „Torino“ klubiga qaytdi va kattalar safiga qoʻshildi. 16-sentyabr kuni Vittorio Parigini „Torino“ safida ilk bor maydonga tushdi va „Udinese“ klubiga qarshi safarda 1:1 hisobida durang oʻynagan oʻyinda Alex Berenguerning oʻrniga maydonga tushdi.

Genoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Cremonese" klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 31-yanvarda Vittorio Parigini „Genoa“ klubiga oʻtdi va darhol „Cremonese“ klubiga ijaraga berildi[13].

"Ascoli" klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 1-fevralida Vittorio Parigini mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida B Seriyaning " Ascoli " jamoasiga qoʻshildi[14].

"Como" klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 31-iyulida Vittorio Parigini „Como“ klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[15]. 2022-yil 6-iyulda ijara shartnomasi muddati 2022—2023-yilgi mavsum uchun uzaytirildi[16].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vittorio Parigini 2013-yilda Slovakiyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan Italiyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi edi.  U, shuningdek, Meksikada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 1/8 final bosqichidan chiqib ketgan Italiyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasining doimiy oʻyinchisi edi[17]. 2014-yilning 12-mayida Vittorio Parigini Alessandro Pane tomonidan 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi UEFA chempionati munosabati bilan Italiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga chaqirildi[18]. 5-sentyabr kuni Vittorio Parigini Slovakiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Italiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi safida ilk dublini kiritdi[19].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vittorio Parigini kuchli hujum qobiliyatiga ega, shuningdek, jismoniy kuch, texnika, tezlik olish qobiliyatiga ega futbolchi futbolchi hisoblanadi. Torinoning „Giovanissimi Nazionali“ jamoasidagi murabbiyi Roberto Fogli uni qanot hujumchisiga aylantirishga qaror qilguniga qadar Vittorio Parigini hujumchi edi[20]. Vittorio Parigini asosan, oʻng qanotda oʻynaydi. Lekin Vittorio Parigini oʻzining koʻp qirraliligi tufayli chap qanotda ham xuddi shunday effekt bilan oʻynay oladi. Vittorio Parigini hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida ham yaxshi saviyada oʻynay oladi. Faoliyatining boshida uni maydondagi harakati[21], ayniqsa tezligi va raqibidan oʻtib keta olishi uchun Alessio Cerciga oʻxshatishardi[21].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Seriya Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni
Juve Stabia (ijara) 2013 — 2014 B seriya 14 0 0 0 - - 14 0
Perugia (ijara) 2014 — 2015 30 4 2 1 - 1 0 33 5
2015 — 2016 19 4 0 0 - - 19 4
Jami 49 8 2 1 1 0 52 9
Chievo (ijara) 2016 — 2017 A seriya 3 0 2 0 - - 5 0
Bari (ijara) 2016 — 2017 B seriya 15 1 0 0 - - 15 1
Benevento (ijara) 2017 — 2018 A seriya 21 0 0 0 - - 21 0
Torino 2018 — 1209 17 0 1 0 - - 18 0
Umumiy 116 9 3 1 1 0 120 10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gianluca Di Marzio. „G Factor: Vittorio Parigini, il diciassettenne che non ha paura“. gianlucadimarzio.com (14-dekabr 2013-yil). 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  2. Gianluca Di Marzio. „G Factor: Vittorio Parigini, il diciassettenne che non ha paura“. gianlucadimarzio.com (14-dekabr 2013-yil). 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  3. „Vittorio Parigini: un cambio di passo da fuoriclasse“ (italyancha). iltalentocheverra.it. 2014-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2014-yil.
  4. „Conosciamo Parigini e Avenatti, i nuovi giovani nel mirino della Fiorentina“ (italyancha). canteraviola.blogspot.com. 2014-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2014-yil.
  5. „Parigini alla Juve Stabia“ (italyancha). toro.it. Qaraldi: 17-aprel 2014-yil.
  6. „Serie C - TUTTOmercatoWEB.com“. www.tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  7. „Torino, ufficiale: Parigini in prestito al Perugia“. 13-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2014-yil.
  8. „Perugia vs. Spezia - 23 August 2014 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  9. „Perugia vs. Bologna - 29 August 2014 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  10. „Perugia vs. Virtus Entella - 8 November 2014 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  11. „Torcidagranata“. 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  12. „Bari vs. Brescia - 27 February 2017 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  13. „PARIGINI DAL TORINO, PASSA ALLA CREMONESE“ (italyancha). Genoa (31-yanvar 2020-yil).
  14. „Ascoli Calcio, Dal Genoa arriva anche l'attaccante esterno Vittorio Parigini“ (it-IT). Ascoli City Rumors (2-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2-fevral 2021-yil. [sayt ishlamaydi]
  15. „VITTORIO PARIGINI AL COMO FINO AL GIUGNO 2022“ (italyancha). Como (31-iyul 2021-yil). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  16. „VITTORIO PARIGINI IS A COMO PLAYER“. Como (6-iyul 2022-yil). 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2022-yil.
  17. „FIFA U-17 World Cup UAE 2013“. fifa.com. Fédération Internationale de Football Association. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2014-yil.
  18. „Under 19, convocati i granata Barreca e Parigini“ (italyancha). tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 13-may 2014-yil.
  19. „Parigini, doppietta alla Slovacchia“. toro.it. Qaraldi: 5-sentabr 2014-yil.
  20. Gianluca Di Marzio. „G Factor: Vittorio Parigini, il diciassettenne che non ha paura“. gianlucadimarzio.com (14-dekabr 2013-yil). 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  21. 21,0 21,1 Marco Trombetta. „Vittorio Parigini, scuola Torino... futuro alla Juventus?“. goal.com (5-dekabr 2014-yil).