Vitaliy Sigedin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitaliy Nikolayevich Sigedin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-fevral 1937-yil
Guryev (shahar)
Vafoti 1-may 2011-yil (74 yosh)
Siyosiy partiyasi КPSS
Mukofotlari

Vitaliy Nikolayevich Sigedin — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937-yilda Guryev shahrida tugʻilgan. 1962- yildan KPSS aʼzosi.

1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda ishlagan. 1959-2001-yillarda Navoiy KMKda ekskavatorchi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Navoiy shahar qoʻmitasi 1-kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Zarafshon shahar qoʻmitasi 1-kotibi, Navoiy KMK Markaziy kon boshqarmasi direktori, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1990—1991-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi, 1995—2001-yillarda 12-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi, 1- va 2-chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati etib saylangan.

KPSS XXVIII s’ezdi delegati.

2011-yil 1-mayda 75 yoshida vafot etgan[1].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „+Виталий Николаевич Сигедин“. www.rudmet.ru. 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.