Vismutin
Vismutin, vismut yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi - Bi2S3. Qoʻshimchalari - Sb, Se. Rombik singoniyali. Choʻziq prizma, ignasimon, radial shuʼlasimon, yelpigʻichsimon, yirik kristallar. Rangi ruxsimon oq, qoʻrgʻoshinsimon kulrang. Yaltiroqligi - metallsimon, elektr oʻtkazmaydi. Qattiqligi - 2— 2,6. S. or. 6,8—7,2. V. yuqori haroratli gidrotermal yertomirlarda, greyzenli, kontakt-metasomatik konlarda pirit, arsenopirit, Zn, Pb, Cu, Fe sulfidlari va qalay, volfram, molibden, sof-tugʻma vismut va boshqa minerallar bilan birga hosil boʻladi. Oksidlanish zonasida oson parchalanib ikkilamchi oksidlar (vismut oxrasi), sulfaoksidlar, vismutning suvli karbonatlari hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda Chatqol (Us t arasoy, Burchmulla) va Qurama (Adrasmon, Qizilguta, Terakli,. Toshkeskan, Qoʻshbuloq, Chodaq, Miskon, Qoʻshmasoy) tizmalaridagi rudali konlar va Gʻarbiy Oʻzbekiston (Langar, Ingichka, Ugʻat, Choshtepa, Oqqoʻrgʻon, Chuyun konlari)da topilgan. Vismut olinadigan ruda. V. kimyoviy asboblar ishlashda va tibbiyotda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |