Kontent qismiga oʻtish

Vismutin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vismut yaltirogʻidan yoʻnaltirildi)

Vismutin, vismut yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Bi2S3. Koʻshimchalari Sb, Se. Rombik singoniyali. Choʻziq prizma, ignasimon, radial shuʼlasimon, yelpigʻichsimon, yirik kristallar. Rangi ruxsimon oq, qoʻrgʻoshinsimon kulrang . Yaltirokligi metallsimon, elektr oʻtkazmaydi. Qattikligi 2— 2,6. S. or. 6,8—7,2. V. yuqori haroratli gidrotermal yertomirlarda, greyzenli, kontakt-metasomatik konlarda pirit, arsenopirit, Zn, Pb, Cu, Fe sulfidlari va qalay, volfram, molibden, sof-tugʻma vismut va b. minerallar bilan birga hosil boʻladi. Oksidlanish zonasida oson parchalanib ikkilamchi oksidlar (vismut oxrasi), sulfaoksidlar, vismutning suvli karbonatlari hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda Chatqol (Us t arasoy, Burchmulla) va Qurama (Adrasmon, Qizilguta, Terakli,. Toshkeskan, Qoʻshbuloq, Chodaq, Miskon, Qoʻshmasoy) tizmalaridagi rudali konlar va Gʻarbiy Oʻzbekiston (Langar, Ingichka, Ugʻat, Choshtepa, Oqqoʻrgʻon, Chuyun konlari)da topilgan. Vismut olinadigan ruda. V. kimyoviy asboblar ishlashda va tibbiyotda keng qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil