Kontent qismiga oʻtish

Vishnuizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vishnuizm, vayshnavizm -hinduizmning 2 asosiy oqimidan biri (shivaizm qatorida). Asosan Shim. Hindistonda tarqalgan. Eʼtiqodchilari Vishnupk abadiy jonli tabiat mujassami sifatida va oliy xudo deb biladilar. V.da mil. av. 1-ming yillik oʻrtasidayoq monoteistik yoʻnalish namoyon boʻldi va liniy marosimlar zarurligini rad etuvchi bhaqta — xudoni sevish va unga sadoqat aqidasi yaratiddi. Mil. XI asrdan boshlab V.da sektantlik yoʻnalishlari paydo boʻladi, bu yoʻnalishlardan ayrimlari tabaqachilikka ajratishlarga qarshi chiqib, bhaqta taʼlimoti bilan yaqindan bogʻlanib qolgan edi. Bhaqta targʻibotchisi — jan. hindistonlik faylasuf va diniy islohotchi Romanuja (1137 i. v. e.) shrivayshnavlar tariqatiga asos soldi. U hozir ham V.da eng yirik tariqatlardan biri hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil