Virtuoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Virtuoz (lot. virtus — jasorat, isteʼdod) — oʻz sanʼatining ijro texnikasini mukammal egallagan (tub maʼnoda — ijroviy qiyinchiliklarni mohirona yenga oladigan) sanʼatkor (sozanda, xonanda va b.). V. atamasi Yevropada 18-asrdan maʼlum. Fortepiano musiqasida F. List, skripka ijrochiligida N. Paganini, xonandalikda belkanto ustalari V. sifatida tanilgan. Sharq musiqa madaniyatida ijroviy imkoniyatlari nihoyatda keng boʻlgan Munir Bashir (Iroq), Ravi Shankar (Hindiston), Umm Kulsum (Misr), Bismilloxon (Pokiston) va b., Oʻzbekistonda Us t a Olim Komilov, Domla Halim Ibodov, M. Qoriyoqubov, F. Sodiqov, T. Alimatov, A. Ismoipov, A. Abdurashidov kabi kator sozanda hamda hofizlar oʻzining yuksak ijrochilik mahorati bilan shuhrat qozongan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil