Virogeniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Virogeniya (viruslar va yun. genia — yaratish, kelib chiqish) — virus bilan hujayraning oʻzaro munosabati. Bunda virus genomi hujayra xromosomasiga kirib oladi. V.da virus oʻz-oʻzidan reproduksiya qilinmaydi, balki virusning nuklein kislotasi xoʻjayin hujayrasi DNK si bilan birga replikatsiyalanadi. V.ga sabab boʻladigan viruslar meʼyordagi viruslar deyiladi. Ularga lizogeniya paydo qiladigan bakteriofaglar va onkogen viruslar kiradi. Onkogen viruslar bilan zararlangan hujayralarda irsiy oʻzgarishlar roʻy beradi, bu oʻzgarishlar tufayli xoʻjayin hujayrasi cheksiz boʻladi va boʻlinadi. Transformatsiyalangan hujayralarda virus genomi virus DNK si shaklida boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil