Kontent qismiga oʻtish

Vintli uzatma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vintli uzatma - bir-biriga muayyan burchak (asosan, 90°) ostida ayqash joylashgan vallarning biridan ikkinchisiga silindrik vintli gʻildiraklar vositasida harakat uzatish uchun moʻljallangan uzatma. Vallar ayqash joylashganligi tufayli V. u. yordamida bir valdan bir necha valga ham bir necha yoʻnalishda harakat uzatish mumkin. V. u. asosan asboblarning kinematik uzatmalarida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil