Kontent qismiga oʻtish

Vinillash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinillash — organik birikmalar molekulasiga vinil guruhi —CH=CH2 kiritish. Eng muhim vinillovchi moddalar — atsetilen HC≡CH, vinilgalogenidlar CH2=CHX (X-galogen) va vinilmagniybromid (Norman reaktivi) CH2=CHMgBr. Sanoatda atsetilen bilan vinillash natijasida spirtlardan oddiy vinil efirlar, karbon kislotalardan esa murakkab efirlar, masalan, vinilatsetat olinadi. Sianid kislota (HCN) ni vinillashda akrilonitril, vodorod xloridni vinillashda vinilxlorid, atsetilenning oʻzini vinillashda vinilatsetilen hosil boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil