Vinil efirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinil efirlar - toʻyinmagan oddiy va murakkab efirlar; oddiylarining formulasi SN2=SN—OR, murakkablarining formulasi SN,=SN— OCOR, bu yerda R — alkil radikal (SN3, S2N. va h.k.); V. e.ning quyi gomologlari rangsiz suyuqlik, yuqori gomologlari esa qattiq moddalardir. Suvda kam eriydi, organik erituvchilarga yaxshi aralashadi. Sanoatda V.e. spirtlar va karbon kislotalarni kaliy gidroksid yoki kaliy alkogolyatlari ishtirokida atsetilen bilan vinillash usulida olinadi. V. e. polimerlar olishda monomer, alkid smolalar, polistirol i. ch.da modifikator, nitrotsellyuloza olishda plastifikator, organik sintezda yarim mahsulot, don mahsulotlarini uzoq muddat saqlashda biologik jarayon ingibitori sifatida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil