Vince Williams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vince Williams
Tugʻilgan joyi 27-noyabr 1975-yil (1975-11-27) (48 yosh)
Ottawa, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 201 lb (91 kg; 14 st 5 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Lowell Lock Monsters
Jamoalardagi faoliyat 1999—2006[1]

Vince Williams (talaffuzi: Vins Uilyams) (1975-yil 27-noyabrda tugʻilgan) — sobiq xokkey himoyachisi. Aytni paytda Vince Williams „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi skautidir. Vince Williams avvalroq 2013—2015-yillarda ECHL vakili „Orlando Solar Bears“ va 2011—2013-yillarda „Trenton Titans“ xokkey klublari bosh murabbiyi boʻlgan[2].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vince Williams 1998-yilgacha Concordia universitetida oʻqigan va u yerda ikki mavsum davomida xokkey jamoasida oʻynagan.

U universitetni tark etgach, IHLning sobiq „Indianapolis Ice“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi. „Indianapolis Ice“ jamoasi bilan 33 ta oʻyindan soʻng, Vince Williams ECHLning „Columbus Chill“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Vince Williams klub safida 43 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ochko toʻpladi. 1999-2000-yillarda Vince Williams „Trenton Titans“ xokkey klubi tomonidan sotib olindi va AHLning „Lowell Lock Monsters“ jamoasida 1 ta oʻyinda maydonga tushdi. Bu Vince Williamsning professional faoliyatigi eng yuqori koʻrsatkichidir.

2001—2002-yillarda Vince Williams yana jamoasini oʻzgartirdi va ECHLning „Florida Everblades“ xokkey jamoasiga yoʻl oldi. Keyingi mavsumda Vince Williams yana „Treton Titans“ klubi safiga qaytib keldi. Xokkeychilik faoliyatining soʻnggi uch mavsumida Vince Williamsning hujumkor oʻyinlari soni kamaydi. Chunki u jamoa uchun koʻproq yetakchilik rolini oʻz zimmasiga oldi. Jamoaning saʼy-harakatlari ECHLning 2004—2005-yilgi mavsumida Kelly kubogi gʻalabasi bilan yakunlandi. Vince Williams ECHLning 2005—2006-yilgi mavsumidan soʻng faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir mavsum sportdan uzoqlashgandan soʻng, Vince Williams yangi „Trenton Devils“ xokkey klubiga yordamchi murabbiy sifatida qaytdi. Bu jamoa AHLning „Albany Devils“ va NHLning „New Jersey Devils“ xokkey klublari bilan bevosita bogʻliq edi. „Trenton Devils“ klubi oʻzlarining 4 mavsumining 3 tasida pley-offni oʻtkazib yuborishdi va jamoa 2010—2011-yilgi ECHL mavsumidan keyin tarqatib yuborildi.

2011-yil yozining oxirida „Trenton Titans“ klubi Blue Line Sports MChJ va Rich Lisk boshchiligidagi mustaqil mulkka qaytarildi. Shundan soʻng, ular jamoaning bosh menejeri, prezidenti va bosh direktori boʻldi. Lisk Vince Williamsni zaxira oʻrindigʻiga qaytarib olib keldi. Vince Williams 2011-yil 1-avgustda „Trenton Titans“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vince Williams - Stats“. NHL. Qaraldi: 2013-yil 16-fevral.
  2. „Vince Williams“. Trenton Titans. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-fevral.
  3. „Archived copy“. 2020-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-fevral.
  4. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.