Kontent qismiga oʻtish

Vina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vina (sanskrit) — torli-tirnama hind musiqa cholgʻu asbobi. Tirnoqlar bilan yoki koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarga kiydirilgan noxunlar bilan chertib chalinadi. 20 ga yaqin turi mavjud. Eng mukammali — sarasvati V. Jan. Hindistonda tarqalgan boʻlib, professional musiqa ijrochiligida keng qoʻllanila-di. Unda 4 asosiy va 3 qoʻshimcha (sadola-nuvchi) tor, 19—24 surma parda boʻladi. Tovushi mayin, serjilva, tembr ranglariga boy, musiqa imkoniyatlari keng .

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil