Viktoriya (Kanada)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viktoriya — Kanadadagi shahar, Vankuver orolning jan.-sharqida. Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 71,2 ming kishi (1991). Tinch okean sohilidagi port. V. orqali chetga yogʻoch va baliq mahsulotlari chiqariladi. Kemasozlik va yogʻochni qayta ishlash sanoati va turizm rivojlangan. Un-t bor. Shaharga 1849-yilda asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil