Viktor Vasilyevich Reshetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Viktor Vasilyevich Reshetov (1910.10.3 — Toshkent — 1979.3.3) — tilshunosturkiyshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), filol. fanlari doktori (1952), professor (1953), SSSR Pedagogika Fanlar akademiyasi akademik (1959). Toshkent davlat universiteti pedagogika fakultetining til va adabiyot boʻlimini tugatgan (1931). Shu untning ishchilar fakultetida oʻqituvchi (1929—33), Oʻzbekiston XKS quzuridagi Fanlar komiteta Til va adabiyot institutida, soʻngra Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyoti institutida kichik, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, direktor oʻrinbosari va direktor (1934—55), Rossiya Federatsiyasi Taʼlim akademiyasining Milliy maktablar instituti direktori (1960—63), Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti rektori (1963—79). Ilmiy ishlari turkiy tillar, asosan, oʻzbek tili va uning fonetikasi, grammatikasi, dialektologiyasi, oʻzbek va rus tillarini oʻqitish metodikasi va boshqa masalalarga bagʻishlangan. R. respublika oliy va oʻrta maktablari uchun koʻplab oʻzbek tili darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratgan.

Manbalar[tahrir]

  • Oʻzbek tili grammatikasi. lboʻlim, T.— Samarqand, 1934; Qisqacha oʻzbekcharuscha lugʻat, T., 1936; Fonetika. Oʻzbek tili fonetikasiga doir baʼzi masalalar, T., 1953; Uzbekskiy yazik. ch. 1 (Vvedeniye. Fonetika), T., 1959; Oʻzbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T. 1962, 1978.