Viktor Kovalenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Kovalenko
2015-yil KovalenkoShakhtar Donetsk safida.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Viktor Viktorovych Kovalenko
Tavallud sanasi 14-fevral 1996-yil (1996-02-14) (28 yosh)
Tavallud joyi Kherson, Ukraina
Boʻyi 1.82 m[1]
Ampluasi Yarimhimyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atalanta
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2015 Shakhtar Donetsk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2021 Shakhtar Donetsk 130 (23)
2021- Atalanta 1 (0)
2021-2022 Spezia(ijara) 26 (1)
2022- Spezia (ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011-2012 Ukraina U16 13 (4)
2010-2013 Ukraina U17 20 (11)
2013-2015 Ukraina U19 20 (5)
2015 Ukraina U20 5 (5)
2015-2018 Ukraina U21 13 (6)
2016- Ukraina 33 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 2-avgust uchun)

Viktor Viktorovych Kovalenko (ukraincha: Віктор Вікторович Коваленко Viktor Viktorovich; 1996 yil 14-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, A Seriyaning „Atalanta“ yarim himoyachisi va Ukraina terma jamoasi aʼzosi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxtyor Donetsk[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kovalenko Donetskning Shaxtyor yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi.[2] U 2015-yil 28-fevralda PoltavaningVorskla klubiga qarshi o‘yinda „Shaxtyor“ safida Ukraina Premer-ligasida debyut qilgan[3] 2015-yil 9-mayda u „Shaxtyor“ ning „Xoverla Ujgorod“ ustidan 7-3 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda beshinchi va oltinchi gollariga assistentlik qildi. 2020-yilning 20-fevralida Kovalenko Yevropa Ligasi 1/32-raundining birinchi o‘yinida „Shaxtyor“ning „Benfika“ ga qarshi o‘yinida (2:1) g‘alabasida oʻz golini kiritdi.[4]

Atalanta[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 1-fevralida „Shaxtyor“ bilan shartnomasi tugashiga olti oydan kamroq vaqt qolganida Kovalenko Italiya A Seriyasining „Atalanta“ klubi bilan 700 ming yevro evaziga transfer qilindi va to‘rt yarim yillik shartnoma imzoladi.[5] U klubdagi debyutini 21-mart kuni „Verona“ga qarshi o‘yinda hamyurti Ruslan Malinovskiyning 87-daqiqasida o‘rniga maydonga tushdi.[6]

Speziaga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 8-avgustda Kovalenko A Seriya jamoasi Spezia jamoasiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi.[7]

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kovalenko 2015-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Ukraina terma jamoasidan chaqiruv oldi. U Myanma ustidan 6:0 hisobidagi g‘alabada [8] ikkita gol urdi va AQSHga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etd.[9] U 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida beshta gol kiritib „Oltin butsa“ni qo‘lga kiritdi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxtyor Donetsk

  • Ukraina Premer-ligasi: 2016-17, 2017-18, 2018-19, 2019-20
  • Ukraina kubogi: 2015-16, 2016-17, 2017-18, 2018-19
  • Ukraina Superkubogi: 2015, 2017

Shaxsiy sovrinlar

  • FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati Oltin butsa: 2015[10]
  • Ukraina Premer-ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2015-16[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Viktor Kovalenko“. Atalanta B.C.. 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Shakhtar's Academy Site“ (uk) (2015-yil 1-mart). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.
  3. „UPL Official Web Site“ (uk) (2015-yil 1-mart). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  4. Patrick. „Castro's Shakhtar top Benfica in narrow first-leg triumph“ (en-gb). portugoal.net. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  5. „Official: Kovalenko to Atalanta“. Fotball-Italia (2021-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
  6. „Kovalenko’s Atalanta debut at Verona“. Atalanta B.C. (2021-yil 21-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  7. „Ufficiale Viktor Kovalenko è un nuovo calciatore dello Spezia“ (it). Spezia Calcio (2021-yil 8-avgust). Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  8. „Ukraine hit Myanmar for six“. FIFA (2015-yil 2-iyun). 2015-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  9. „Kovalenko treble puts Ukraine on top“. FIFA (2015-yil 5-iyun). 2015-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  10. „FIFA World Youth Championship New Zealand 2015“. FIFA. 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
  11. „Визначено лауреатів сезону 2015/16!“. .upl.ua. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]