Kontent qismiga oʻtish

Viktor Jorjio

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Viktor Antonovich Jorjio (1907.29.9, Shaxti, Rostov viloyati — 1974.1.1, Toshkent) — geofizik olim, geografiya fanlari doktori (1944), professor (1944). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960), Rostov universitetni tugatgan (1930), Shimoliy Kavkaz meteorologiya byurosida, Oʻrta Osiyo obhavo byurosida (1933—35), Oʻrta Osiyo universitetida (1935—74) ishlagan. J. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutining nazariy geofizika boʻlimini tashkil etishda qatnashgan va ushbu institut direktori (1947—1953). Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo sinoptik jarayonlari, havo massalari va frontlari, dinamik iqlimshunoslik, izentropik taxlil, aviatsiya meteorologiyasi, sinoptik jarayonlarga statistikstoxastik taxlil usulini tatbiq etishga bagʻishlangan. T. A. Sarimsoqov va V. A. Bugayevlar bilan hamkorlikda Markov zanjiri nazariyasini bu sohaga tatbiq etgan. U atmosferadagi tez havo oqimlarini tekshirish maqsadida universitetda maxsus laboratoriya tashkil etgan (1960). Toshkent meteorologiya maktabining asoschilaridan biri.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil