Viktor Amelkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Aleksandrovich Amelkin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1948-yil 16-iyul
Tavallud joyi Yanaul, Boshqird ASSR
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sokol (Sarpul)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1973—1976 Turbina (LF) (0)
1977—1985 Turbina (Brejnev) (?)
1986 Rubin (24)
1987 Turbina (Brejnev) (?)
1988—1990 Yangiyer (?)
1991 Gazovik (Ijevsk) (?)
1992 Skat-5s (?)
1993 Gazovik (Ijevsk) (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Viktor Aleksandrovich Amelkin (1948-yil 16-iyul, Yanaul, Boshqird ASSR) – sovet futbolchisi, darvozabon ampulasida oʻynagan. U quyidagi klublarda oʻynagan: Turbina (Naberejnye Chelni), Rubin (Qozon), Yangiyer, Skat-5s (Elabuga) va Gazovik (Ijevsk).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Aleksandrovich Amelkin 1948-yil 16-iyul kuni Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida joylashgan Yanaul shahrida tugʻilgan. Bugugungi kunda Ijevsk shahrida yashab murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda. U futbolchilikdagi faoliyatini Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi Sarapul shahrida joylashgan Sokol futbol klubida boshlagan. 1968—1972-yillarda u SKA-Xabarovsk futbol klubida (armiyachilar) faoliyatini olib bordi. Ammo asosan zahirada qolgan. SKA-Xabarovsk futbol klubidagi faoliyati davomida darvozabonlar Kozemyako Yevgeniy Nikolayevich, Gennadiy Proxorovich Petrovich, Akulenko Nikolayevlar bilan raqobatlasha olmadi[1][2][3].

Viktor Amelkin 1973-yilda yangi tashkil etilgan „Turbina“ (Naberejnye Chelni) jamoasiga qoʻshildi, ushbu jamoada 1986-yilgi mavsumdan tashqari barcha mavsumlarda jami 300 dan ortiq oʻyinlarni yuqori saviyada oʻtkazdi[4][5]. Klubdagi faoliyati, futbol boʻyicha SSSR sportiga qoʻshgan hissasi uchun „Rossiya sport ustasi“ unvonini oldi.

1986-yilgi mavsumda u Rubin (Qozon) jamoasida oʻynagan. Amelkin Rubin (Qozon) jamoasi tarkibida 23 oʻyinda 24 ta gol urgan. 1988—1990-yillar mobaynida SSSR chempionati Markaziy Osiyo zonasining B toifasida oʻynovchi Yangiyer jamoasi safida harakat qildi. U 1991-yilda „Gazovik“ (Ijevsk) jamoasida futbolchi-murabbiy boʻlgan.

Viktor Amelkin 1992-yilda u Skat-5s (Elabuga) jamoasida oʻynadi va Leonid Slutskiy bilan birga jamoani boshqardi[6].

Faoliyatini tugatgandan soʻng u „Gazovik“ (Ijevsk) va „Arsenal“ (Ijevsk) bolalar futbol klubi murabbiyi boʻldi[7][8].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Amelkin 1973—1976-yillar Tatar ASSR chempionati chempioni. 1973-yilgi Tatar ASSR kubogi go'libi va uch karra finalchisi (1974, 1975, 1976). U ikki marta Volga mintaqalari kubogi (KFK) g'olibi bo'lgan (1974, 1975).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Кожемяко Евгений Николаевич“ (ru). footballfacts.ru. Футбольная статистика (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  2. „Прохорович Геннадий Петрович“ (ru). footballfacts.ru. Футбольная статистика (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  3. „Акуленко Николай“ (ru). footballfacts.ru. Футбольная статистика (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  4. „Who is Mr. Евдокимов? Татарстанский тренер вывел «Газовик» в премьер-лигу“ (ru). sport.business-gazeta.ru. Спорт БИЗНЕС Online (2017-yil 4-may). 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  5. Пресс-служба стадиона «Строитель». Буклет «Турбина–80», 1000 экз, Набережные Челны: Набережно–Челнинский филиал Республиканской типографии, 1980. 
  6. „Как Елабуга команду Слуцкого разгромила“ (ru). realnoevremya.ru. Реальное время (2019-yil 28-dekabr). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  7. „Футболисты детских садов в Ижевске проведут матч в День Победы“ (ru). footcom.ru. Футбольные коммуникации (2014-yil 8-may). 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  8. „В Сарапуле прошел региональный турнир по мини-футболу“ (ru). adm-sarapul.ru. МО "Город Сарапул" (2017-yil 27-noyabr). 2022-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]