Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Xorvatiya televideniyesi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xorvatiya televideniyesi[manbasini tahrirlash]

Nominator(lar): XayrinisoJorayeva (munozara) 16:40, 6-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola Xorvatiya televideniyesi haqida. Albatta, Xorvatiya televideniyesining ham yaratilish, rivojlanish tarixi bor. Maqola enwikida „yaxshi maqola“ statusini olgan. Oʻqib chiqib, oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman. XayrinisoJorayeva (munozara) 16:40, 6-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Salom. Maqola bilan hali tanishib chiqmadim. Umumiy koʻrinishidan dastlabki savol paydo boʻldi. Siz maqola boshiga tirkab qoʻygan andozaning maqola mavzusi bilan qanchalik bogʻliqligi bor? Andoza ichida Xorvatiya televideniyesi haqida biror boʻlim ham, band ham ajratilmagan ekan. Inglizchasida ham xuddi shu andoza qoʻyilgan deyishingiz mumkin. Ammo inglizchadagi andoza bizda yaratilgan chala-yarim andozadan toʻliq ekanligini koʻrishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:38, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori uchun ishlab chiqarilgan va IPTV (Internet) orqali efirga uzatiladigan 10 ta milliy va 21 ta mintaqaviy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek, 30 dan ortiq boshqa kanallar, kabel yoki sunʼiy yoʻldosh televideniyelari faoliyat yuritgan. Mana bu gap ham mutlaqo notoʻgʻri tarjima qilingan deb oʻylayman. Matnning inglizchasida As of 2012, there are 10 nationwide and 21 regional DVB-T (Digital Video Broadcasting – Terrestrial) television channels, and there are more than 30 other channels either produced in the Republic of Croatia or produced for the Croatian market and broadcast via IPTV (Internet Protocol television), cable, or satellite television. yaʼni 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori va translayatsiyasi uchun ishlab chiqilib, IPTV (Internet), kabel yoki sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan 10 ta umummilliy, 21 ta hududiy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek 30 dan ortiq boshqa kanallar mavjud boʻlgan deyish maʼqul, fikrimcha. Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:46, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Shu kabi AT alomatlari saqlanib qolgan joylarini qayta koʻrib chiqishni soʻrayman. Maqola hozirgi holatida status uchun tayyor emas. Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:47, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum ustoz. Albatta bergan fikrlaringizni hurmat qilaman. Maqolada qo'llanilgan andoza aytgningizdek enwikida qo'llanilgan andoza hisoblanadi. Shuning uchun ushbu andoza yaratildi. Maqolaning boshida kelgan va siz keltirib o'tgan gapning mazmuni va maqoladagi barcha gaplar ko'rib chiqildi. Lozim bo'lsa, ushbu maqolani boshqatdan o'qib ko'rishingizni so'ragan bo'lardim. Maqoladan yana shunga o'xshash kamchiliklar topilgan holatda, maqolaning munozara qismida o'z izohlaringizni qoldirasiz degan umiddaman. XayrinisoJorayeva (munozara) 10:00, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Andozani yoki toʻldirish kerak yoki maqoladan olib tashlash kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:39, 14-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Salom! Maqola ustida hali ishlashni taklif qilaman. Sababi maqolada koʻplab qizil wikilinklar mavjud. Bu sahifalarni yaratib chiqish lozim. Sababi ushbu maqolani oʻquvchiga keng ochib berishingiz kerak. Bundan tashqari, imloviy xatolar mavjud. Ushbu xatolarni bartaraf etishni soʻrab qolaman. Komilhuja 09:59, 8-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Imloviy xatolar bartaraf etildi. Qizil wikilinlarning soni kamaytirilib, koʻk wikilinklarga oʻzgartirildi. Fikringiz uchun rahmat!!! XayrinisoJorayeva (munozara) 19:20, 8-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Maqolada ichki havolalar boʻyicha kamchiliklar bor. Masalan bilgiqutida Festivallar ichki havolasi ingliz tilida ketib qolgan. Xuddi shunday jadvallarda ham ichki havolalar ingliz tilida berilgan. Ahror Akramovich (munozara) 18:03, 8-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Xatoliklar toʻgʻrilandi. XayrinisoJorayeva (munozara) 19:22, 8-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Maqola ustida hali ishlanishi kerak:

  1. „Umuman olganda, barcha xorijiy dasturlar subtitrlardan iborat .“ – Faqat subtitrmi? Ovoz yoki tasviri yoʻqmi ularni? Jumla gʻaliz boʻlib qolgan.
  2. Praym taym emas Prime time
  3. „HRTda dasturlash mazmuni va cheklangan reklamani tartibga solishga qaramay eng yaxshi televideniye kompaniyalaridan biri hisoblanadi.“ – Dasturlash mazmuni? Televizorda dasturlashni oʻrgatishga cheklov qoʻyilyaptimi yoki men notoʻgʻri tushundimmi gapni?
  4. Boshqa tomondan, HRT Xorvatiyadagi televizor sotuvidan Xorvatiyadagi oʻrtacha oylik sof ish haqining 1,5% miqdorida olinadigan toʻlovidan daromad oladi. – Gʻaliz jumla. 1.5% miqdor nimaniki? Soliqmi yoki boshqa turdagi qanaqadir toʻlovmi? „…Xirvatiyadagi … Xorvatiyadagi…“ shaklida mamlakat nomining qaytarilishi tushunishni yannada qiyinlashtiryapti.
  5. „poytaxt atrofidagi hududlarda 43% dan Slavoniyada 79% gacha boʻlgan aholi televizordan foydalanadi“ Slavoniya emas Slavonia VP:MNJNga asosan.
  6. „K5 – boʻlinish“ – boʻlinish? Avtomat tarjima. Boʻlinish emas Split. Xorvatiyadagi shahar nomi.

Bu hali eng kichik boʻlimidagi kamchiliklar. Maqola ancha tahrirga muhtoj… --Hasan Xamidovich (munozara) 18:46, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

  1. Ushbu gapda enwikida tasvir yoki ovoz vositalari haqida soʻz ketmaganligi uchun gapda aynan subtitr haqida gap borgan. Gap gʻaliz tushunilganligi uchun boshqa muqobil variantiga oʻzgartirildi.
  2. Qolgan sanab oʻtilgan barcha kamchiliklar toʻgʻrilandi.
XayrinisoJorayeva (munozara) 06:55, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Muallifining maqola ustida harakat qilganligi koʻrinib turibdi. Maqolani toʻliq oʻqib chiqqanim yoʻq, biroq bir qaraganda koʻzga tashlanadigan muammolar mavjud.

  1. Ayrim qismlarda punktuatsiyadan notoʻgʻri foydalanilgan. Ammo, lekin, biroq kabi zidlov bogʻlovchilaridan keyin emas, oldin vergul qoʻyiladi.
  2. kechayu kunduz emas, kecha-yu kunduz kabi koʻrinishda yoziladi.
  3. Bundan tashqari ayrim soʻzlarga havola berish chogʻida qoʻshimchalarsiz soʻzning oʻzinigina qizartirilgan oʻrinlar mavjud.
  4. Shuningdek, raqamlar bilan ishlashda ham maqolaning boshida-oxirigacha bir xil tartibda yozish kerak deb oʻylayman. Shu oʻrinlarda har xilliklarni bartaraf etish lozim. Masalan, 349 138 nafar, 9,8 va 7,1 foiz, 10.60 yevro kabi.

Maqolaning istalgan yeridan biror jumla oʻqiganda gʻalizliklar, oʻquvchiga tushunarsiz boʻlgan jumlalar koʻp. Maqola hozirgi holatida statusga munosib deb oʻylamayman. Keyinchalik, kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, koʻrib chiqib, ovoz beraman. Yoqimli tahrirlar! Sitora Oblakulova (munozara) 17:28, 14-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Yuqorida sanab oʻtilgan kamchiliklar toʻgʻrilandi. XayrinisoJorayeva (munozara) 18:48, 14-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Yuqorida sanalga kamchiliklar toʻliq bartaraf etilmagan. Ayrim oʻrinlarini toʻgʻrilab qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 04:10, 15-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  RozimanDevona Jovliyev (munozara) 09:33, 7-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  2.  RozimanZarifboyev (munozara) 06:23, 8-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Qarshiman. Yuqorida bir nechta kamchiliklarni sanab oʻtdim. Hozircha nomzod maqola statusga noloyiq deb hisoblayman. Maqola ustida tayinli tahrirlar amalga oshirilib, holati yaxshilansa, fikrimni oʻzgartirishim mumkin. --Hasan Xamidovich (munozara) 18:48, 9-Iyul 2024 (UTC) -->[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]