Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Turkshohiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Turkshohiylar[manbasini tahrirlash]

Nominator(lar): Xoqoni Said yozish 22:43, 8-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Mazkur maqola goho mustaqil, goho vassal boʻlib hukm surgan sulola haqida. Bu davlatning Oʻrta Osiyo tarixi, madaniyati, sanʼati va Arab bosqiniga qarshi kurashda tutgan oʻrni darsliklarda yoki boshqa manbalarda yetarlicha yoritilgan emas. Ushbu maqolada yuqorida aytib oʻtilgan jihatlar yetarlicha yoritilishga harakat qilingan. Maqola haqidagi fikrlaringiz boʻlsa yozishingizni va oʻz ovozingizni berishingizni soʻrab qolaman – Xoqoni Said yozish 22:43, 8-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. Ammo ularn Islomni qabul qilganidan keyin hukmdan qutulib qolishdi, shu soʻzda ularn holida qolib ketgan.
"Ikki yuz oʻn ikki saltanat, valiy va amirlar, yabgʻular hokimiyatini tan olishgan (ular orasida „ Zobul shohi ikki yuz ming askar va otlarni, Kobul shohi ikki yuz ming askarni boshqaradi“, deb alohida eslatib oʻtgan) maqolaning shu qismida qoʻshtirnoq oxirigacha tugatilmagan. AnvarxonM 13:28, 10-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum AnvarxonM va fikr bildirganingiz uchun rahmat! Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildi – Xoqoni Said yozish 15:40, 10-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Jamiyat va din boʻlimida va maqolaning qolgan qismida asrlarni rim raqamlarida yozing.Mrjavokh1r yozish 14:06, 13-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum va fikr bildirganingiz uchun rahmat! Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildi – Xoqoni Said yozish 18:15, 13-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  1. Bilgiqutisidagi jumlaga vikifikator tegmagan va matn ichida ham vikifikator tegmagan joylari koʻp.
  2. Asrlar ham 2 hil yozilgan bittasi sonda ikkinchisi rim raqamida shularni koʻrib chiqing.
  3. Manbalarda ham kitob manbasi ishlamagan yaʼni Sfn andozasi. Misol: 22, 23, 24, 96 manbalar Ibrohimjon 09:47, 14-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu alaykum va fikr bildirganingiz uchun rahmat. Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildi - Xoqoni Said yozish 15:28, 14-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Kuzatganlarim:
1. 665-yilda paydo boʻlganlar emas 665-yilda paydo boʻlgan davlatlar.
2. yana qarang sahifasidagi sahifalardan keyin nuqtalarni olib tashlang.
3. San'at bo'limidagi suratlardagi qizil sahifalarni havolasi inglizchada qolib ketgan.
4. Milodiy 745-yildaFromo Kesaroning oʻgʻli Bo Fuzhun (xitoy manbalarida bo Fuzhun (勃匐準)) qirol boʻldi, bu haqda „Koʻhna Tan kitobi“da qayd etilgan. mana shu gapdagi yildan keyi probel tashlang.
5.Xitoyliklar mintaqadan chiqib ketishi (760-yil), Talas jangidagi strategik magʻlubiyat (751-yil) va An Lushan qoʻzgʻoloni voqealaridan soʻng Turkshohiylarning geosiyosiy mavqeini zaiflashtirdi. Xitoyliklarning deyilishi kerak g'aliz bo'ladi aksinchasi.
6. Keyin bu tarix bo'lgani uchun gaplarda -gan ishlatishi kerak. Ko'proq -di ishlatilgan. Bu hozircha uchratilgan maqolaningayrim joylarini o'qiganda ko'rilgan xatolar. Iltimos matnni yana to'liq qayta ko'rib chiqing. Mirishkorlik (munozara) 16:12, 14-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildiXoqoni Said yozish 19:33, 15-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Oʻzbekchada yozilgan manbalar bormi? Sulolaning nomi oʻzbekchada aksar holatlarda Turkshohiylar deb uchraydimi yo Kobulshohlar debmi? — Kagansky munozara 10:44, 21-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum @Kagansky! Oʻzbekchada nufuzli manbalar topilmagani sababli boshqa tildagi vikilar kabi nomlash kerak degan qarorga keldim! - Xoqoni Said yozish 16:29, 21-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Oʻzbekchada ham maʼlumotlar bor. Faqatgina qunt bilan qidirish kerak. Кобулшоҳлар va Туркшоҳийлар deb qidirsangiz aksar manbada Kobulshohlar deb yozilgan boʻlib chiqadi. — Kagansky munozara 18:34, 3-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
@Kagansky Bu yerda mendan oʻtgan asosiy xato kirillchada qidirib koʻrmaganimda ekan. Xatoni tushundim va maqola nomi oʻzgartiriladi! Fikrlar uchun rahmat! Xoqoni Said yozish 19:14, 4-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum Turkshohiylar (yoki Kobulshohlar) — milodiy VII—IX asrlarda Kobul va Kapisadan Gandharagacha hukmronlik qilgan gʻarbiy turklar sulolasi hisoblanadi hisoblanadi jumlasini olib tashlash kerak tirening oʻzi bu vazifani bajaradi. Gʻarbiy „turklar“ emas, „turkiylar“ boʻlishi kerak. Sababi kishilar hozirgi turklar bilan adashtirmasligi uchun barcha tarixchilar tomonidan ushbu jumla ishlatilib, adabiyotlarda qoʻllanilib kelinmoqda. Maqolaning nominini Kobulshohlarga oʻzgartirish kerak, bu boʻyicha Oʻzbekistonda koʻp tadqiqot olib borgan olima Feruza Jumaniyozova boʻlib, u ham mazkur sulolani Kobulshohlar deb keltirgan. Tavsiya sifatida olimaning Beruniy asarlari – turkiy sulola tarixi bo‘yicha muhim manba, Barhataken - ilk Kobulshoh (Beruniyning „Hindiston“ asaridagi ma’lumotlar asosida) kabi maqolalarini koʻrib chiqing. Humoyun Qodirov (munozara) 06:10, 4-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum!
turklar jumlasi turkiylar jumlasiga  oʻzgartirildi.
hisoblanadi soʻzi  olib tashlandi.
Nomni oʻzgartirish masalasida Feruza Jumaniyozovanining ushbu tadqiqotlari jamlangan „ИСТОРИЯ Тохаристанских Ябгу и Тегиншахов Кабула“ kitobini tekshirib koʻrdim. Ushbu asarda Тегиншахи, Кабулшахи, Шахи или Тюркшахи deb nomlari kelganligi sababli ushbu nomni qoʻysam xato boʻlmaydi deb oʻylagan edim. Xoqoni Said yozish 19:11, 4-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Feruza Jumaniyozova yangi fikrlar bildirgan ekanmi? Uning kitobidan ham ancha yangi gaplarni kiritsa boʻlarkan. – Kagansky munozara 12:31, 26-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaukum @Kagansky. Feruza Jumaniyozovaning rus tilidagi „ISTORIYa Toxaristanskix Yabgu i Teginshaxov Kabula“ asaridan yangi ma’lumotlar olib maqolaga qoʻshildi. Maqola tarixiga nazar solishingiz mumkin. Xoqoni Said yozish 09:23, 29-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. AnvarxonM, Mirishkorlik, Kagansky nominatorga koʻrsatilgan kamchiliklar tuzatildimi? Maqola boʻyicha yana qoʻshimcha eʼtirozlar yoki takliflar bormi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:20, 5-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Kirish qismida: asrlar orasidagi tireni oʻzimizda qabul qilingan tirega oʻzgartirish kerak; Mavzusi EAga ega boʻlgan soʻzlarga ichki havola koʻrsatish kerak (asrlar, Kapisa, yillar, Toxariston, Yabgʻu, Rutbil, Gʻazna); ortiqcha marta koʻrsatilgan ichki havolalardan faqatgina bittasini qoldirish kerak; „janubi-sharqqa“ bunga Hindikush maqolasiga ortiqcha ichki havola koʻrsatilgan. Olib tashlash kerak; „Nezak hunlarini“ qizil-qora boʻlib qolgan. Toʻliq qizartirish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Hududiy chegaralar: tireni tuzatish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Tarixi: böri soʻzini tuzatish kerak; tirelarni tuzatish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Sanʼat: rasm boʻlmasa u haqidagi maʼlumotni oʻchirish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Manbalar: ruschadagi manbalar nomini originalida va oʻzimizda qabul qilinganidek rasmiylashtirish kerak; Kitob manbasini koʻrsatishda 2 xil yondashuv boʻlgan: yoki snf andozasi bilan yoki boshqacha usuldan birini tanlab rasmiylashtirish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum ostsarlavhalar notoʻgʻri nomlangan, maʼlum bir shaxsga bogʻliq boʻlib qolgan: „Buddist sanʼat asarlari“, „Brahman sanʼat asarlari“ emas, balki Buddizm sanʼati asarlari, Brahmanizm sanʼati asarlari deb yozilishi kerak. Shuningdek, mana bu gaplar ancha tushunarsiz „Brahmanizm ham Kobulshohlari davrida maʼlum darajada gullab-yashnagan koʻrinadi, turli xil sanʼat asarlari ham ularning davriga tegishli. Xususan, Kobul yaqinidagi Xayrxon shahrida topilgan uzun kiyim va etik kiygan Mitra yoki Surya boʻlgan quyosh xudosining mashhur haykali, shuningdek, Gardezdagi Ganesha haykali VII—VIII asrlarda Kobulshohlariga tegishli, ulardan keyingi Hindshohiylarga emas. Xususan, ushbu haykal bilan Fondukiston ibodatxonasi sanʼat asarlari bilan katta ikonografik va uslubiy oʻxshashliklar aniqlangan. Arxeologik nuqtai nazardan, Xayrxon ibodatxonasinin qurilishi eramizning 608—630-yillari, Kobulshohlar davrining boshiga toʻgʻri keladi. Gardezdagi Ganeshaning marmar haykali hozirda Kobulshohlar davriga tegishli deb topilgan. Uni „Shri Ṣahi Xiṃgāla“, ehtimol, „Xingala“ laqabli Kobulshohlardan boʻlgan shoh barpo ettirgan“. Oddiy oʻquvchi bularni oʻqishga qiynaladi. Misol uchun, „Brahmanizm ham Kobulshohlari davrida maʼlum darajada gullab-yashnagan koʻrinadi, turli xil sanʼat asarlari ham ularning davriga tegishli“ umuman tushunarsiz, bu jumlani „Kobul yaqinidagi Xayrxon shahrida topilgan uzun kiyim va etik kiygan Mitra yoki Surya boʻlgan quyosh xudosining mashhur haykali“ esa quyidagi tarzda yozish kerak. Kobul yaqinidagi Xayrxon shahridan topilgan quyosh xudosi Mitra yoki Suryaning uzun kiyim va etik kiygan holda tasvirlangan haykali, shuningdek, Gardezdagi Ganesha haykali Hindshohiylar davriga emas, balki VII — VIII asrlarda hukmronlik qilgan Kobulshohlar davriga tegishli. Qisqasi maqolada tushunarsiz gaplar mavjud, kamchiliklar ancha, nomzod maqolani qaytadan koʻrib chiqishi kerak va hammaga tushunarli tarzda tahrirlashi lozim deb hisoblayman. Humoyun Qodirov (munozara) 12:43, 9-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman – Tepada taʼkidlab oʻtilgan kamchiliklar tuzatilgan. Muallifga tashakkur. Creobek (munozara) 11:22, 26-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman --Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 13:01, 19-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman Aytib oʻtilgan kamchilik tuzatilgani uchun. Ibrohimjon 07:08, 30-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman Maqolada kamchiliklar koʻrmadim, maqola uchun nominatorga tashakkur – Axadjon1 (munozara) 19:16, 30-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Qarshiman Maqola bilan tanishish jarayonida juda koʻp gʻaliz jumlalar, umumlashtirib yuborilgan holatlarga koʻzim tushdi. Yuqorida Humoyun Qodirov bildirgan fikrlar ham asosli. Ushbu maqola halicha status uchun tayyor emas deb hisoblayman. Nominatorga kamchiliklarni tahrirlab, keyin qayta nomzodlikka qoʻyishni tavsiya qilaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:21, 9-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Maqola hali YM statusiga hozir emas. — Kagansky munozara 21:36, 9-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi — 4 ta foydalanuvchi rozi lekin 2 ta administrator asosli ravishda qarshi, bundan tashqari doim maqolalarning sifati uchun harakat qiladigan foydalanuvchi Humoyun Qodirovning ham eʼtirozi oʻrinli. Maqola hozirgi holatida YM statusi uchun noloyiq. Jamshid Nurqul (munozara) 21:58, 9-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.