Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Saparmurod Niyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Saparmurot Niyozov[manbasini tahrirlash]

Nominator(lar): Umarjon Rahimov

Hurmatli hamkasblar, Oʻzbekcha Vikipediyada "yaxshi" statusiga yangi nomzod qilyapman. Slovencha Vikipediyada tanlangan, Nemischa Vikipediyada yaxshi maqola statusini olgan. Maqola uchun {{Turkmaniston yetakchilari}} navigatsion andozasi ham kamina tomonidan yaratilgan.

Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Muxriddin Azimov, Malikxan, MirzoUlugʻbek Karimov, Alpasli, Boboyev1996 Humoyun Qodirov, Asadbek Botirqulov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Diwikiped, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar, ovoz bering! Umarjon Rahimov (munozara) 10:58, 24-Iyun 2023 (UTC).[javob berish]

Maqolada manbalar bilan tasdiqlanmagan baʼzi iddaolar mavjud. Umuman olganda, har bir xatboshi manbalar bilan tasdiqlansa ham goʻzal boʻlardi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:09, 25-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Aynan qaysi iddaolar? Umarjon Rahimov (munozara) 10:34, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Baʼzilariga manbalar qoʻyilibdi, jumladan
  1. [Niyozov prezidentligi davrida Turkmanistonda toʻqimachilik sanoatiga asos solingan.]
  2. [Oʻlimidan bir oy oldin Niyozov soʻnggi bir necha yil davomida nomaʼlum yurak kasalligi tufayli yurak dori-darmonlarini qabul qilganini omma oldida eʼlon qilgan edi. Turkmanistonning Moskvadagi elchixonasi keyinroq bu xabarni tasdiqladi.]
  3. [Uning Ashxoboddagi oltin haykali qayta oʻrnatilgan.]
kabilarda ham manbalar keltirilsa maʼqul boʻlar edi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:50, 27-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Nufuzli manbalar yetarli emasligi sababli, iddaolarni olib tashladim. Umarjon Rahimov (munozara) 22:13, 27-Iyun 2023 (UTC).[javob berish]
Probellar qolib ketgan matnlar koʻp ekan. Masalan, kirish qismining birinchi gapidayoq „Buyuk Turkmanboshi deb eʼtirof etilgan. Turkmanistonni 1990-yildan vafotigacha boshqargan turkman siyosatchisi.“ deyilgan. Vafotigacha boshqargan degan matnni koʻrgan oʻquvchi yilini koʻrmay qolyapti. „sovet va turkman siyosat arbobi. Turkmanistonning birinchi prezidenti (????—????). (Qayerdadir?) Buyuk Turkmanboshi deb eʼtirof etilgan. Davlatni vafotigacha boshqargan.“ qabilida yozilsa yaxshi ish boʻlardi. Probellar qolib ketgan barcha matnni qayta koʻrib chiqib oʻquvchiga tushunarli boʻladigan sodda holatga keltirish zarur. — Kagansky munozara 13:40, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Maqola matnining qisqacha mazmuni Preambulada yetarlicha yoritilmagan. Masalan, Sovetlar davridagi siyosiy faoliyati haqida qisqacha yozilmagan. — Kagansky munozara 13:42, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Matnda ensiklopedik ahamiyatga molik mavzudagi soʻzlarga ichki havola koʻrsatilmagan (masalan, Leningrad politexnika instituti, Turkmaniston kommunistik partiyasi, Turkmaniston SSR Oliy Kengashi va hokazolar). — Kagansky munozara 13:49, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Maqolaning 1/4 qismi aniq bir yilni koʻrsatish bilan boshlanadi. Bunday gaplarda urgʻuni yilga emas maqola obyektiga berib qayta tahrirlash kerak boʻladi. Sababi maqola yil haqida emas, kishi mavzusida yozilgan. — Kagansky munozara 13:55, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Umuman ostboʻlimlarning nomlanishi maqola mavzusidan ham koʻra Turkmaniston mavzusiga koʻproq mos keladi. Ularning deyarli barchasida Turkmanboshi davriga ishorat koʻrinmaydi. Madaniyat ostboʻlimi esa birinchi xatboshidanoq „Uning …“ deb boshlanyapti. Savol, kimning? Iqtisodiyot ostboʻlimi boʻshab yotibdi. Umuman boʻlimlardagi mazmun oʻta qashshoq holatda. Ostboʻlim nomlari umuman mavzuga mos kelmaydi. Masalan, Iqtisodiyot emas Iqtisodiyot sohasidagi faoliyati yoki shunga oʻxshash nom berish kerak. — Kagansky munozara 13:59, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Hurmatli Kagansky, siz sanab oʻtgan kamchiliklar tuzatildimi? Bir qarab aytsangiz yaxshi boʻlardi. Xulosa chiqarish kuni kelib qolibdi. Jamshid Nurqul (munozara) 09:19, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Hurmatli Jamshid Nurkul, bir tomondan nominatorning maqola ustida qilgan mehnati koʻrinsa, boshqa tomondan maqolada kichik tuyuladigan lekin muhim boʻlgan kamchiliklarni yaqqol koʻrish mumkin. Quyida ulardan misollar keltiraman:
  1. bilgiqutida siyosatchining amallari va yillari koʻrsatilmagan;
  2. ruscha: Сапармурат Атаевич Ниязов; deb yozilgan. Nimagaligini bilmadim. Bu holat hozirchalik faqatgina oʻzbekcha Vikipediyadagina kuzatiladi;
  3. aksariyat lotin yozuvidagi oʻzbekcha nufuzli manbalarda kishining nomi Saparmurot emas, Saparmurod deb keladi. Nominator tomonidan esa haligacha maqola nomini oʻzgartirish boʻyicha taklif boʻlmadi;
  4. EAga ega mavzuda boʻlgan koʻpchilik soʻzlarga ichki havolani toʻgʻri koʻrsatilmasligi gʻalati koʻrinyapti. Misol uchun, kishi mavzusi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, u tugʻilgan joyi Gipjak yoki Qipchoqqa va Ashxobod viloyatiga ichki havola yoʻq. Bunday misollar talaygina;
  5. Boshqa tomondan ichki havolaga haddan tashqari koʻp marotaba murojaat qilinyapti. Asosan yillarni koʻrsatishda bu yaqqol koʻrinadi;
  6. Yoshligi va taʼlim, Hokimiyatni mustahkamlash va muxolifat bilan munosabat, Kommunistik partiyadagi karyerasi. Nimaga karyerasi? Faoliyati emas?
  7. Imlo qoidalariga amal qilinmaslik holatlari ham uchraydi ("Pravda", "Ruhnoma", "Oltin asr", "Ýanardag" …)
  8. bitta gap preambulaning oʻzida bitta xatboshida har xil koʻrinishda takror kelishi kuzatiladi. „Turkmanistonning birinchi prezidenti (1991—2006).“, „Turkmanistonni 1991-yildan 2006-yilda vafot etgunigacha boshqargan.“;
  9. takror kelgan manbalar ref name andozasi bilan birlashtirilmagan. Koʻrsatilishida xatoliklar boʻlgan manbalar ham bor. — Kagansky munozara 20:03, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Barcha kichik xatoliklar tuzatildi. Ism masalasida munozarada taklif beraman. Umarjon Rahimov (munozara) 23:12, 7-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

  1. Laylatul Qadr emas, Laylatul-qadr.
  2. Turkmanboshi sahifasidan yoʻnaltirishni, balki, shu nomdagi shaharga emas, balki Saparmurot Niyozovga berish kerakdir? ANJANIY!!#suhbat 08:50, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Taklifni Turkmanboshi maqolasining munozarasiga yozganingiz yaxshi. „Laylatul-qadr“ xatosi tuzatildi. Umarjon Rahimov (munozara) 12:36, 28-Iyun 2023 (UTC).[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman. Maqola hajm jihatdan YMga mos. Manbalar tartibli va qoidalarga koʻra keltirilgan. Ushbu statusni qoʻlga kiritadi, deb umid qilaman. Salazarov 08:42, 25-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Statusga mos maqola. Koʻp oʻylab rozi boʻlishga qaror qildim. Muallifga maqola uchun tashakkur. ANJANIY!!#suhbat 12:44, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Yaxshi maqola. FreetimeeditorII (munozara) 15:25, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Qarshiman. YM statusi kriteriylariga mos kelmaydi. Natija chiqarilish kunigacha statusga mos holatga keltirilsa fikrimni oʻzgartirishim mumkin. — Kagansky munozara 14:03, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. YM statusi kriteriylariga mos kelmaydi.-Artemev Nikolay (munozara) 05:41, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:46, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.