Vikipediya:Vikipediya Osiyo oyligi/2019

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Wikipedia Asian Month 2019
Wikipedia Asian Month Logo.svg

Vikipediya Osiyo oyligi – har yili turli xil Vikipediyalarda Osiyo haqidagi maqolalarni targʻib qilishga bagʻishlangan yillik bellashuv. Har bir foydalanuvchi jamoa oʻzining mamlakatidan boshqa Osiyo davlatiga aloqador mavzularga oid yangi maqola yaratishi yoki mavjud maqolalarni yaxshilash maqsadida har yili noyabr oyida Vikipediyaning oʻz tilidagi versiyasini tahrirlaydi. Ishtirok etish faqat Osiyo davlatlaridagi foydalanuvchilarga cheklanmagan.

Ushbu tanlovning birinchi bosqichi 2015-yilda boshlangan va yil sayin maqolalar soni koʻpayib, ishtirokchilar soni oʻsib bormoqda. Soʻnggi uch yil ichida 2,000 dan ortiq Vikipediya tahrirchilari Vikipediyaning 50 dan ortiq til versiyasida 20,500 dan ortiq yuqori sifatli maqolalarni yaratdilar.

Osiyo Vikipediya hamjamiyatidagi doʻstona va madaniy almashinuv doirasida kamida toʻrtta maqola yaratgan ishtirokchilar boshqa ishtirokchi hamjamiyatidan maxsus Vikipediya otkritkasini olishadi.

Ajablanishga tayyor turing! Siz qaysi viki hamjamiyati sizga postkardlar yuborishini hech qachon bilmaysiz! Har bir Vikipediyada eng koʻp maqola yaratgan Vikipediyachilar „Vikipediya Osiyo elchilari“ nomli maqomga ega boʻladi.

Asia (orthographic projection).svg

Qoʻshilish

Noyabr oyi davomida xohlagan paytingizga qoʻshilishingiz mumkin.