Vikipediya:VikiMushuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
VikiMushuk.
Sahifa ustiga sakramoqchi boʻlib turgan bir VikiMushuk.
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonot
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Carnivora
Oila: Felidae
Urugʻ: Felis
Tur: F. silvestris
Trinomial nomi
Felis silvestris catus
Schreber, 1775

VikiMushuk yoki Felinis wikipediensus — oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tahrirlar qilib boruvchi foydalanuvchilardir. VikiMushuk odatda biror shaxsiy maqsadi uchun tahrir qilib boradi. Bu maqsad oʻzi qiziqqan maqolalarni doimiy ravishda rivojlantirib borish bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin.

VikiMushuklar biror maqolani sevib qolishi mumkin...
...faqat tahrir qilishdan uzoqlashishlari ham mumkin.
Bundan tashqari munozara sahifalarini koʻrib chiqishlari ham mumkin.
Bir VikiMushuk foydalanuvchisi tahrir qilish uchun tayyorlanmoqda.

Tahrir qilish uslubidan gʻayratli ekanliklari koʻrinib turadiga bu foydalanuvchilar, qiziqishi yoʻqolmasidan avval hamma narsani toʻzitib ham yuborishadi. Vaqti-vaqti bilan bir doirada aylanib, vaziyatni chigallashtiruvchilarga qarshi turishlari ham mumkin. VikiMushuklar yolgʻiz mehnat qilishni yoqtirishadi. Ammo, miyovlash taqlidi orqali boshqa foydalanuvchilarga doʻst ekanliklarini ham eslatib turishadi.

Bir qancha VikiMushuklar hujum qilishni rejalashtirgan maqolalari atrofida aylanib, pistirmadan hujumga tayyorlanib turgan boʻlishi ehtimoli yuqori boʻladi odatda. Bu foydalanuvchilarga koʻproq energiya kerak boʻlganligi sababli VikiMushuklar ogohlantirib oʻtirmasdan tez-tez mizgʻib olishadi. Maqolalarni qachon koʻzdan kechirishlari nomaʼlum. Miyovlash bilan bir qatorda oʻtkir panjalari boʻlganligi sababli zarar berish ehtimollari yuqori. Koʻproq qushlar bilan ov qilishni sevishadi. „Mushuklarni seving, goʻzal mushuklarni yanada seving“, shiori bilan yashashadi. Bundan tashqari, panjalariga suv toʻldirib ichish jonu dillari. Yaxshi kunlarda faunada yashovchi boshqa VikiYaratiqlarga yaxshi munosabatda boʻlishadi. Shunday boʻlsada, trollarning yetkazishi mumkin boʻlgan zararlarini uzoqdan ham aniqlay olishadi. VikiMushuklar ovchi xarakteriga ega boʻlganliklari uchun ham Trollarning zarar berishiga yoʻl qoʻyishmaydi.

Agar Vikipediyaga ezgu niyat ostida hissa qoʻshayotgan boʻlsangiz, VikiMushuk hujumiga uchrashingiz ehtimoli nolga teng. (Anglashmovchiliklar boʻlib turadi, albatta)

VikiMushuklar tengsiz hid bilish qobilyati yordamida Vikipediyadagi har qanday vandallik va oʻzgarishlarni birinchilardan boʻlib koʻrishadi.

Agar oʻzingizni VikiMushuk deb hisoblasangiz, foydalanuvchi sahifangizga {{VikiMushuk}} andozasini qoʻyishingiz yetarlidir:

Bu foydalanuvchi VikiMushukdir.