Vikipediya:VikiMalak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
VikiMalak yangi kelganlarga yordam qoʻlini choʻzadi.

VikiMalak soʻnggi paytlarda faol tahrir bilan shugʻullanmayotgan, lekin hanuz ensiklopediya va Vikipediya jamoasini kuzatib boradigan, oʻz davrining juda ham faol va qadrli Vikipediya tahrirchisi sifatida tanilgan afsonaviy VikiObrazlardir.

VikiMalaklar yordam qoʻlini choʻzib turuvchi malak kabidir. Bir vaqtlar tahrirda faol boʻlgan bu kabi foydalanuvchilar endi faqat kimgadir yordam berilishi lozim boʻlgan eng muhim vaqtlardagina koʻrinish berib turishadi. Masalan, ularni vandalizm holatlarini oldini olinishi, yangi kelganlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatilishi, vujudga kelgan muammolarga yechim berilishi kabi VikiGnomlarga xos boʻlgan harakatlarni amalga oshirgandagina koʻrish mumkin.

VikiMalaklarni qanday bilish mumkin[manbasini tahrirlash]

Oʻzini VikiMalak sifatida tanishtirishni istaganlar quyidagi andozani foydalanuvchi sahifasiga oʻrnatib olishlari mumkin:

Bu foydalanuvchi VikiMalakdir.