Vikipediya:Uy vazifalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Talabalarga berilgan topshiriqlar Vikipediyani yaxshilashga yordam beradi, lekin ular to‘g‘ri yo‘naltirilmasa, ensiklopediyaga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Talabalarga topshiriq berilganidan keyin ko‘p holatlarda boshqa ko‘ngilli foydalanuvchilar pala-partish yaratilgan maqolalarni yaxshilashga va ayrim holatlarda ularni o‘chirishga majbur bo‘ladi. Hatto taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi tajribali Vikipediya foydalanuvchilari ham viki-topshiriqlar turli natija berganini aytib keladi. Qiyinchiliklarga qaramay, viki-topshiriqlar taʼlim sohasida muvaffaqiyatli foydalanilgan holatlar mavjud. Ushbu maʼlumot sahifasida viki-topshiriq berib, yaxshi natijalarga erishish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Muvaffaqiyatli topshiriq obdon yaxshi rejalashtirilishi kerak. Xususan, baholash tizimi Vikipediya ehtiyojlari va Vikipediya qoida va ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lishi zarur. Talabalarga topshiriq berish borasida har qanday savolingizni eʼlonlar taxtasida yozib qoldirishingiz mumkin.

Oʻqituvchilar Vikipediya haqida yaxshi tushunchaga ega boʻlishlari kerak. Shuningdek, talabalar ishida kontent boʻyicha asosiy tamoyillar buzilgan holatlarda oʻqituvchilar bu kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berishga tayyor turishlari kerak. Jikimedia jamgʻarmasi global Vikipediya taʼlim dasturini yuritadi. Dastur jamoasi bilan ularning Outreach Wikidagi sahifalari orqali bogʻlanish mumkin. Dasturning koʻplab mamlakatlar uchun resurslari bor. Dasturning maqsadi — oʻqituvchilar va oʻquvchilarga Vikipediya haqida koʻproq bilib olishga hamda koʻp uchraydigan xatolarga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashish. AQSh va Kanada taʼlim muassasalardagi viki-loyihalarni qoʻllash uchun alohida taʼlim dasturi (inglizcha: Wiki Education Foundation, WikiEd) yaratilgan. Darslarni boshlashdan oldin (kurs uyushtirilayotgan mamlakatga qarab) yoki Vikipediya taʼlim dasturi yoki WikiEd bilan bogʻlanish tavsiya qilinadi. Har bir topshiriq uchun kurs sahifasi boʻlishi kerak, chunki bu foydalanuvchilarga oʻz fikr-mulohazalarni kerakli joyga yoʻnaltirishi imkonini beradi. Talabalarning foydalanuvchi sahifalarida kurs sahifasiga va har qanday qora nusxalarga linklar boʻlishi kerak. Kurs sahifasida oʻqituvchilar haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Shuningdek, oʻqituvchilarning foydalanuvchi sahifasida ular bilan aloqaga chiqish yoʻllari koʻrsatilishi kerak (yoki Vikipediya orqali elektron pochta xabarlarini olish imkoniyati yoqilgan boʻlishi kerak). Mualliflik huquqlarining buzilishi kabi muammolar yuzaga kelsa, talabalar tajribasiga salbiy taʼsir koʻrsatmagan holda muammolarni hal qilish uchun oʻqituvchi bilan tezkor aloqaga chiqishga zaruriyat tugʻilishi mumkin.

Tajribali foydalanuvchilar oʻquvchi va talaba muharrirlarni yaxshi kutib olishlari kerak. Oʻquvchilar va talabalar esa Vikipediya kanallari, jumladan, maqolalarning hamda foydalanuvchilarning munozara sahifalari orqali muloqot qilishni oʻrganishlari kerak. Agar muharrirlar oʻqituvchi bilan bogʻlansa, oʻqituvchilar yordam berishga harakat qilishlari kerak. Ayni damda, agar oʻqituvchilarga ular bergan topshiriq borasida konstruktiv fikr-mulohazalar bildirilsa, ular buni toʻgʻri qabul qilishlari va tegishli oʻzgarishlarni kiritishlari kerak. Tibbiyot va salomatlik mavzularidagi kontentni takomillashtirish koʻpincha manbalardan oʻta ehtiyotkorlik bilan foydalanishni talab qiladi.