Vikipediya:WikiTaʼlim/Kurs sahifasini yaratish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediya taʼlim dasturida ishtirok etishga qaror qilgan oʻqituvchilarga har bir sinf uchun alohida sahifa yaratish tavsiya qilinadi. Bunday sahifani https://outreachdashboard.wmflabs.org/ saytida yaratish mumkin. Quyida ushbu saytda kurs sahifalarini yaratish haqida batafsil maʼlumot berilgan. Sayt har bir semestrda necha talaba maqola yaratgani, nechta tahrir qilgani va boshqa koʻrsatkichlarni kuzatib borish imkonini beradi.

Kurs sahifasini yaratish[manbasini tahrirlash]

  1. https://outreachdashboard.wmflabs.org/ saytida oʻzingizga qulay tilni tanlang (inglizcha yoki ruscha; sayt oʻzbek tiliga ham tarjima qilinmoqda, ammo koʻngillilar yordamiga muhtojmiz!)
  2. Tizimga kiring (Vikipediya hisobingiz bilan („Log in with Wikipedia“/„Войти с помощью Википедии“); Vikipediyada hisobingiz boʻlmasa, yarating („Sign up with Wikipedia“/„Зарегистрируйтесь с помощью Википедии“)
  3. „Allow“ tugmasini bosing
  4. „Create an Independent Program“/„Создать независимую программу“ tugmasini bosing
  5. „Create a New Program“/„Создать новую програму“ tugmasini bosing
  6. „Basic Program“ ni tanlang
  7. Kurs tafsilotlarini yozing:
    1. Program title/Название программы: Kursni quyidagi formatda nomlashni tavsiya qilamiz: Vikipediya Taʼlim dasturi - Oliygoh/maktab nomi - fakultet - semestr - oʻquv yili - fan. Masalan, TDU - Matematika va fizika - bahor - 2021-22 - matematika.
    2. Institution/Учреждение - taʼlim muassasasi nomi
    3. Home wiki: uz.wikipedia.org
    4. Tracked wikis: uz.wikipedia.org
    5. Program description/Описание программы: Kurs haqida batafsil yozing. Kurs nima haqida? Ishtirokchilar nima qilishi kerak? Iltimos, boshqa foydalanuvchilar ishtirokchilar hissasini tushuna olishi uchun yetarlicha tafsilot keltiring.
  8. „Next“/„Дальше“ tugmasini bosib, kurs boshlanadigan va tugaydigan sanalarni hamda vaqtlarni kiriting. („Specify separate event start/end times (optional)“ boʻlimida hech narsa yozmang)
  9. „Create my Program!“/„Создать мою программу“ tugmasini bosing.

Tamom! Kurs sahifasi yaratildi. Uning URL adresini talabalaringiz bilan ulashing.