Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Arman genotsidini inkor etish
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:25, 10-Avgust 2023 (UTC)
Mazkur maqola enwiki va ruwikida tanlangan maqola statusiga erishgan. Ingliz tilidan tarjima qilib, tanlangan maqola statusi uchun nomzodlikka koʻrsatilmoqda. Qimmatli fikrlaringiz bilan maqolani yanada yaxshilab, statusga olishiga ovoz berishingizni soʻrayman. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:25, 10-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Maqoladagi ichki havolalarning juda ko'pchiligi "qizarib" qolgan ekan. Agar shularni "ko'kartirib" chiqilsa maqolani o'qigan tinglovchida savol qolmaydi (Bu haqida ko'p statusli maqolaga ovoz berishda aytib o'tilgan). Wikisurgery94 (munozara) 14:43, 27-Avgust 2023 (UTC)
- Salom. Fikringiz uchun rahmat. Maqolada 300ga yaqin qizargan havolalar mavjud. Hozirda kirish qismidagi qizillar koʻkartirilgan. Qolganini sekinlik bilan koʻkartirish ishlari olib borilmoqda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:20, 30-Avgust 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Salom. Maqolaning oxirida Kitoblar, Ilmiy maqolalar, Jurnallardagi maqolalar boʻlimlaridagi qoʻllanilgan refbegin andozasidagi kamchilik koʻrinishni buzib turibdi. refbegin oʻrniga refbegin1 muqobil andozasidan foydalansangiz boʻladi. — Programmer (munozara) 17:29, 16-Avgust 2023 (UTC)
- Bajarildi. Rahmat Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:52, 17-Avgust 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman — Bir oʻqib chiqishda kamchiliklar koʻrmadim. TM statusiga loyiq deb hisoblayman. Ahror Akramovich (munozara) 07:08, 19-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman --Muzaffar Murodovichmusohaba 06:35, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman Sitora Oblakulova (munozara) 16:56, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 09:24, 21-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Go'zal maqola uchun. Hasan Alimov (☎) 14:37, 21-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Ibrohimjon 14:44, 21-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Mrjavokh1r (munozara) 04:10, 22-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Mahmud Hamrayev (munozara) 10:38, 22-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman. Ajoyib maqola. ANJANIY!!#suhbat 05:06, 23-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — DMahmudova (munozara) 11:10, 27-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman Xabibulla Muxamedov (munozara) 19:48, 28-Avgust 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Qarshilar
[manbasini tahrirlash]- Qarshiman — maqolada ensiklopediya tiliga xos boʻlmagan jumlalar talaygina. xususan, inkor qilish Turkiya Respublikasi har bir hukumatining siyosati boʻlib kelgan, hatto 2023-yilda ham..., Rad etish odatda „armanlar xiyonati, bosqinchilik, jinoyatchilik va hududiy ambitsiyalar ritorikasi“ bilan birga taʼkidlanadi kabi. bundan tashqari, maqola tili gʻaliz jumlalardan tarkib topgan. eng muhim sabablaridan biri genotsid turk milliy davlatini barpo etish imkonini berganidir. bu yerda nazarda tutilgan fikrni zoʻrgʻa anglab oldim. genotsidni amalga oshirilishi keyinchalik Turkiyaning milliy davlat oʻlaroq tashkil topishida/shakllanishida ijobiy taʼsiri boʻldi deyilmoqda, adashmasam. Genotsidni tan olish Turkiyaga asos solinishi haqidagi afsonalarga zid boʻlardi. bu jumlalarni mavzudan yiroqlar uyoqda tursin, mavzudan xabardor inson ham anglab olishi mushkul. biror davlatning, u qaysi mamlakat boʻlishidan qatʼi nazar tarixini afsona deb baholanishi xolislik chegarasidan chiqish sanaladi. har davlatning qora tarixi borligi tabiiy, undan turli ideologiya va siyosiy maqsadlar yoʻlida foydalanishga urinib kelinadi doim, bu ham tabiiy. Bugungi kun tarixchiligida tarixiy jarayonlarga turli ranglar berishdan voz kechilayotgani bejizga emas. tagʻin yanglishlar yana bor: Mustafo Kamolning 1927-yilda kamolist tarixshunosligining asosi boʻlgan Nutuk nutqida armanlarga qarshi zoʻravonlik bilan kurashishda sukunat va inkor taktikasi qoʻllanildi. jumlasining oʻzida kamchilik va gʻalizliklar bor. masalan, Nutuk aslida soddagina bir nutq emas, Mustafo Kamolning 1919—1927-yillarda, oʻz tili bilan aytganda esa quroldosh doʻstlari bilan amalga oshirgan ishlarini ochib beruvchi, xitobnoma shaklidagi nutq matnlarining toʻplamidan iborat asar aslida. unga shunchaki nutq emas, asar deb baho berilishi mantiqan toʻgʻri. asar oʻsha davr manbalariga tayanib yozilgani sababli ham qimmatli. 348–349-betlar, shuningdek, 508–510-betlar armanlar masalasini yoritib bergan ekan. yaʼni hech qanday „sukunat“ yoʻq unda. maqola kamchiliklari koʻp, u shu holida status olishga noloyiq deb oʻylayman Alpasli (munozara) 23:00, 29-Avgust 2023 (UTC)
- Qimmatli fikrlaringiz uchun rahmat. Marhamat qilib, gʻaliz jumlalar uchun muqobil versiyalaringizni tavsiya qila olasizmi? Albatta, tarjima jarayonida bunaqa holatlar boʻlishi tabiiy. Qolgan eʼtirozlaringiz esa EnWikidan tarjima qilinganda matn mazmunida kelib chiqib olingan. Nutuk nutqi qanaqa nutq ekanligiga halicha qiziqib koʻrmadim, lekin EnWikida aynan speech soʻzi ishlatilgan. Toʻgʻri, ular soha boʻyicha mutaxassis emasdir, balki bilishmas. Agar EnWikidagi munozara sahifasida yozib, shu jumlani asar soʻziga oʻzgartirsangiz, ishonamanki, bizdagi jumla ham oʻzgaradi. Maqolaning ensiklopedik ahamiyati qanchadir bordirki, matnda shu kabi jumlalari boʻlsa-da, EnWiki va RuWikida Tanlangan statusi berilgan. Yana eslatib oʻtishim kerakki, ushbu maqola statusli maqolalar tanlovida ishtirok etmaydi va shuning uchun tahrirlash orqali avtomat deb oʻylagan qismlaringizni bemalol tuzatishingiz mumkin. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:25, 30-Avgust 2023 (UTC)
- @Alpasli:, siz bildirgan kamchiliklar bartaraf etildimi? — Kagansky munozara 06:28, 12-Oktyabr 2023 (UTC)
- yoʻq. oxirgi tahrir man fikr bildirgandan bir kun keyin 30-avgust kuni amalga oshirilgan. maqola hamon statusga loyiq boʻlmagan holatda. agar istasam, tahririga yordam berishim mumkinligi aytilibdi. bu maqolaning kamchiliklarini tuzatilishiga qilinadigan mehnat, uni qayta yozilishiga qilinadigan mehnat bilan barobar. Alpasli (munozara) 09:03, 12-Oktyabr 2023 (UTC)
- @Laziz Baxtiyorov:, qanday fikr bildirasiz? — Kagansky munozara 11:55, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Asosiy gaplar yuqorida aytilgan. Qoʻshimcha sifatida, maqolani arman lobbisi va qanaqadir uydirma deb emas, yoki Mustafo Kamol Otaturkka oddiy shaxs sifatida qarash orqali qayta oʻqib chiqishni maslahat bera olaman. Va yana maqola EnWikidan aynan tarjima qilinganini yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:46, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Kamchiliklarni tuzatgabdan koʻra, uni qayta yozish taklifi esa absurddan boshqa narsa emas. Absurd ekanligini esa maqola bilan toʻliq va xolisona tanishib chiqqan inson biladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:53, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- @Laziz Baxtiyorov:, qanday fikr bildirasiz? — Kagansky munozara 11:55, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- yoʻq. oxirgi tahrir man fikr bildirgandan bir kun keyin 30-avgust kuni amalga oshirilgan. maqola hamon statusga loyiq boʻlmagan holatda. agar istasam, tahririga yordam berishim mumkinligi aytilibdi. bu maqolaning kamchiliklarini tuzatilishiga qilinadigan mehnat, uni qayta yozilishiga qilinadigan mehnat bilan barobar. Alpasli (munozara) 09:03, 12-Oktyabr 2023 (UTC)
- @Alpasli:, siz bildirgan kamchiliklar bartaraf etildimi? — Kagansky munozara 06:28, 12-Oktyabr 2023 (UTC)
- Qimmatli fikrlaringiz uchun rahmat. Marhamat qilib, gʻaliz jumlalar uchun muqobil versiyalaringizni tavsiya qila olasizmi? Albatta, tarjima jarayonida bunaqa holatlar boʻlishi tabiiy. Qolgan eʼtirozlaringiz esa EnWikidan tarjima qilinganda matn mazmunida kelib chiqib olingan. Nutuk nutqi qanaqa nutq ekanligiga halicha qiziqib koʻrmadim, lekin EnWikida aynan speech soʻzi ishlatilgan. Toʻgʻri, ular soha boʻyicha mutaxassis emasdir, balki bilishmas. Agar EnWikidagi munozara sahifasida yozib, shu jumlani asar soʻziga oʻzgartirsangiz, ishonamanki, bizdagi jumla ham oʻzgaradi. Maqolaning ensiklopedik ahamiyati qanchadir bordirki, matnda shu kabi jumlalari boʻlsa-da, EnWiki va RuWikida Tanlangan statusi berilgan. Yana eslatib oʻtishim kerakki, ushbu maqola statusli maqolalar tanlovida ishtirok etmaydi va shuning uchun tahrirlash orqali avtomat deb oʻylagan qismlaringizni bemalol tuzatishingiz mumkin. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:25, 30-Avgust 2023 (UTC)
Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarildi. Inglizcha Vikipediyadagi statusli maqola tarjima qilib yaratilganligini hisobga olsa, bitta qarshi ovoz bergan foydalanuvchining istagiga koʻra, uni qayta yozishga hojat yoʻq ekanligi ayon boʻladi. Nomzod maqolaga rozi ovozlar koʻp. Ularning aksariyati argumentsiz ekanligi chatoq. @Laziz Baxtiyorov:, kelajakda tarjima bilan bogʻliq eʼtirozlar paydo boʻlgan taqdirda, maqolaga tuzatishlar kiritish kerak boʻladi. TMda qizil ichki havolalar boʻlmasligi kerak. Boshqa tomondan, oʻzbekcha Vikipediyada bu toʻgʻrida konsensusga erishilgan qatʼiy talab yoʻq. Qizil ichki havolalarni ham qoʻldan kelgancha kamaytirish zarur. Yana bitta statusli maqola uchun tashakkur! Kagansky munozara 10:35, 23-Noyabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.