Vikipediya:Rustam20101311

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biologik  faol  moddalar minerallar,  vitaminlar, ozuqaviy  tolalar, o‘simlik  ekstraktlari,  to‘yinmagan yog‘li  kislotalar, aminokislotalar  va  boshqalarni o‘z  ichiga  olgan  tabiiy  komplekslardir. Biz hozirgi kunda sevib iste’mol qiladigan shirin va yuqori kaloriyali ovqatlarning ko’p iste’mol qilinishi o’lik holdagi (ya’ni qaynatilgan, qovurilgan, quritilgan konserva qilingan) ovqatlarni tanamizda ko'payotganligi organizimimizning biologik faol moddalarga bo’lgan ehtiyojini yanada oshirmoqda. Biologik faol moddalarni bioorganik kimyo, farmatsevtik kimyо, biologik kimyo va boshqa fanlar o’rganadi. Bu yo’nalishning intensiv rivojlanishiga sabab hozirgi zamon tekshirish usullari bunda konformatsion strukturalarni, molekulyararo ta’sirlarni, murakkab aralashmalardan moddallar ajratilishi, endogen biologik faol moddalar xossalari ko’pgina muhim fizik-kimyoviy hayot faoliyatini o’rganishga sababchi bo’lmоqdа. Eng muhimi, molekulyar, xujayra va tizimlar darajasida biologik faol moddalar ta’sir mexanizmlari tadqiq qilinmoqda.  Biologik faol qo‘shimchalardagi tavsiya etilmaydigan moddalar ro‘yxatiga metilsinefrin, usnin kislotasi, ko‘k choy kukuni, botqoq yalpizining yog‘i, fermentlashtirilgan qizil guruch, okopnik, dubrovnik, akotin, chaparal, qoncho‘p, lobeliya, yoximbe, tuyatovon, kava va kristall kofein ekstraktlari kiritildi. Ushbu moddalar ma’lum holatlarda yurak-qon tomiri va asab tizimlariga zarar yetkazishi, ichki organlarning yaralanishi va hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli, yuqoridagi moddalarni shifokor maslahatisiz qabul qilish xavfli sanaladi. Biologik  faol moddalar guruhiga kiruvchi moddalar haqida ma’lumot.  Aminokislotalar organizm uchun har qanday holatda zarur, jismoniy faollik bo‘lganda esa ularga ehtiyoj yanada ortadi. Ma’lumki, o‘rtacha intensivlikdagi trening ham bo‘sh aminokislotalarning 80 foizi sarflanishiga olib keladi, bu tezda tiklanish, kelgusidagi mushaklar o‘sishi va umumiy metabolizm tezligi ustidan nazorat qilish uchun aminokislotali qo‘shimchalar muhimligini ta’kidlaydi.  “ Nuklein kislotalar ”  degan atama lotincha “nukleus”, ya’ni yadro so’zidan olingan. Nuklein kislotalar birinchi marta 1869 yilda Shvetsariyalik vrach


I.F.Misher tomonidan leykotsitlar yadrosidan topilgan.  DNK asosan hujayraning yadrosida, shuningdek mitoxondriya va plastidalar tarkibida uchraydi.  RNK esa yadro, sitoplazma, mitoxondriya, plastida va ribosomalar tarkibida uchraydi. Uglevodlar (shakarlar, glitsidlar, carbohydrate) — oqsillar va yogʻlar bilan bir qatorda odam, jonivorlar va oʻsimliklar organizmi hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan keng tarqalgan organik birikmalar guruhi. Uglevodlar. 2 katta guruhga: monosaxaridlar va polisaxaridlarga boʻlinadi. Polisaxaridlar esa shakarsimon (oligopolisaxaridlar) — disaxaridlar (biozalar), trisaxaridlar, tetrasaxaridlar va noshakarsimon polisaxaridlardan iborat. Ular oddiy (monosaxaridlar yoki monozalar) va murakkab  (polisaxaridlar yoki poliozalar) deb ham ataladi. Yog‘ ortiqcha vazn to‘playdi va xolesterin darajasini oshiradi, degan stereotip mavjud. Shubhasiz, foydali yog‘lar sog‘lom va ozg‘in tananing kalitidir. Ba’zi ilmiy statistik ma’lumotlarni keltirib o‘taman. Klinik ko‘rsatmalarga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanishda yog‘lar kunlik kaloriyalarning 25-35 foizini egallaydi. Ulardan taxminan 10 foizi to‘yingan yog‘li kislotalar, qolgan 20-25 foizi esa to‘yinmagan bo‘lishi kerak. Biologik faol moddalarning foydasi bilan birga zararli tomonlari ham yo’q emas bular quyidagilar:

❖ Bunday moddalarni konsentratsiyalarining hisobga olinmasligi, meyoridan ortiq istemol qilinishi, foydadan ko’ra zahar sifatida ta’sir etishi mumkin.

❖ Doimiy istemol qilib yurish mumkin emas, ovqat ratsionini va mavsumiy omillarni inobatga olish lozim. Doimiy istemol qilib yurish oqibatida gipervitaminozni yoki oshqozon ichak, jigar kasalliklarini rivojlantirishi mumkin. ❖ Biologik faol moddalarni saqlash tartibi dori moddalariniki kabi bo’lib, biroz noto’g’ri saqlanganda ham ta’sir yo’nalishi umuman boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin.

❖ Ba’zi biologik moddalar tarkibidagi kofein yurak-qontomir va nerv sistemalariga salbiy ta’sir etishi mumkin.

❖ Biologik faol moddalarni boshqa dori vositalari bilan birgalikda iste’mol qilish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

❖ Hozirgi kunda biologik faol moddalarning internet tarmoqlari, va noqonuniy reklamalari va savdosining kuchayishi, ularni o’zboshimchalik bilan va meyoridan ortiq iste’mol qilinishiga, o’smirlar va yoshlarda qiziqishning kuchayishiga, turli aldovlarning ko’payishiga olib kelmoqda. Demak biologik faol moddalarni o’zboshimchalik bilan, betartib, shifokor ko’rsatmasisiz istemol qilish mumkin emas va bunday moddalarni ko’proq tabiiy oziqovqat mahsulotlari tarkibida qabul qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Biologik  faol moddalarning nomi. Kashf etilgan yili. Tomonidan  kashf etilgan.
Aminokislotalar 1806-yil Lui Nikolas va Per Jan Robiket
Nuklien kislotalar 1869-yil I.F.Misher
Uglevodlar 1861-yili A.M.Bulterov
Vitaminlar 1880-yil N.I.Lunnin


Vitaminlar- ochilishida N.I. Luninning xissasi katta 1880 yilda u tajribida oqsil, uglevod, yog’, tuz va suvdan tashqari normal rivojlanish, o’sish va xayvonlar xayotida o’ziga xos tabiatli moddalar mavjudligini (sut misolida ) ko’rsatadi.   Golland vrachi X.Eykman uzoq vaqt Indoneziyaning Yava orolida ishlab 1897 yili beri-beri kasali sababchisi tozalangan guruch xisobidan ekanligini ko’rsatadi, agar guruch po’stlog’i yoki po’stloqlarining suvli ekstrakti ovqatda ishlatilsa bu kasal bo’lmasligini isbotladi.   1906 yilda guruchda organizmga kerakli modda borligi xaqida xulosa qilindi.   « Vitamin” yani “ hayot aminlari” iborasi 1912 yilda polshalik bioximik I. Funk tomonidan taklif etildi, u sholi qoldiqlaridan vitamin B, ni ajratadi. K.Funk tomonidan “avitaminoz” tushunchasi kiritildi.   Eng muxim ishlar XX asrning 30 yillarida o’kaziladi. Vitaminlarning 30 dan ortiq turi mavjud.  

Vitamin-yetarlicha iste’mol qilinmaganda yoki me’yoridan ko’p iste’mol qilinganda tanada bir qancha kasalliklar kelib chiqadi. Vitaminlar asosan 2 guruhga bo’linadi. 1-“Suvda eriydigan vitaminlar-B1, B2, B6, B12, PP va C”                      2-“Yog’da eriydigan vitaminlar- A, D, E, K.

Avitaminoz (gipovitaminoz) — inson organizmida bitta vitamin yoki bir guruh vitaminlar yetishmasligi.

Gipervitaminoz-vitaminlarning tanada me’yoridan ko’p iste’mol qilinganda kelib chiqadigan kasallik.

Quyidagi jadvalda ayrim vitaminlar kim tomonidan va nechanchi yilda kashf etilganligi haqida ma’lumotlar berilgan:

Vitamin  A 1913-yil Elmer Makkollum va  Margaret Devis
Vitamin  B 1915-1916 yillar atrofida Elmer Makkollum
Vitamin  C 1912-yil A Hoist va T. Froelich
Vitamin  D 1922-yil Eduard Mellanby
Vitamin  E 1922-yil Herbert Evans va Katherine Bishop
Vitamin  B1 1912-yil Casimir Funk
Vitamin  B6 1934-yil Pol Gyorgy
Vitamin  B2 1926-yil DT Smit, EG Hendrick


                                    Foydalanilgan adabiyotlar

1.Batirbekovna, Abdukadirova Nargiza, Khayatova Shoira Telmanovna, and Shadieva Khalima Nuridinovna. "Clinical and Laboratory Features of the Course of Serous Meningitis of Enterovirus Etiology in Children." The Peerian Journal 16

2.Wikipedia

3.Google  Chrome