Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Qumloq/Tepasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Galogen" so'zi lotincha so'z bo'lib, "tuz hosil qiluvchi" degan ma'noni anglatadi

Umumiy tavsif

[manbasini tahrirlash]

Galogenlar davriy sistemaning VII gruruhining bosh guruhchasida joylashgan p-elementlardan iborat. Ular atomlarining tashqi energetik pog'onasida (s2p5) 7 tadan elektron bo'ladi. Barqaror elektron qavat hosil qilishi uchun bitta elektron yetishmaydi. Galogenlarning xossalarida umumiylik bo'lishiga ham aynan shular sababdir. Galogen atomi bitta elektron qabul qilib, manfiy zaryadli ionga aylanadi va -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Guruhda yuqorida pastga tushgan sayin yoki tartib raqami ortgan sayin: elektronlar soni ortadi, atomning ionlanish energiyasi kamayadi, nisbiy elektromanfiylik kamayadi, atom radiusi ortadi.

Xlorni birinchi bo'lib 1774-yilda Sheyele aniqlagan

Tabiatda uchrashi:' Faol modda bo'lganligi uchun ko;pincha birikma holida uchraydi. Erkin holda vulqon gazlari tarkibida uchraydi. Eng asosiy birikmalari: NaCl - osh tuzi, tosh tuzi, gallit; KCl- silvinit; KCl•MgCl2•6H2O - karnalit. Osh tuzi suvda yaxshi eriydi va dengiz suvlarida tarkibida 3,5% , ko'llarda esa 26% bo'ladi.

Fizik xossalari: Xlor - sarg'ish-yashil rangli , o'tkir hidli, zaharli gaz. Atmosfera bosimida sovitilganda -34°C ; 4 atmosfera bosimda esa 0°C da suyuq holatga o'tadi.