Vikipediya:Qoʻgʻirchoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻgʻirchoq bu Vikipediya qoidalarini buzish yoki blokni chetlab oʻtish maqsadida birdan oshiq foydalanuvchi hisoblardan foydalanishdir. Qoʻgʻirchoqdan foydalanadigan kishini qoʻgʻirchoqboz deyish mumkin.

Birdan oshiq hisoblardan foydalanish har doim ham yomon emas. Foydalanuvchilar bir nechta hisob qaydnomalardan foydalanishganda, ularning asl hisobiga havola berish tavsiya etiladi. Bu hisob holatini bilishni osonlashtiradi. Baʼzi odamlar vikipediyachining bir nechta hisobi boʻlmasligi kerak deb taʼkidlashadi. Qolgan baʼzilar nazlida esa, agar bu hisoblar yaxshi maqsadlarda foydalanilsa, bu yaxshi. Masalan, bir tahrirchi maqolalarni jamoat komyuteri orqali tahrirlash uchun ikkinchi hisob qaydnomasi yaratishga qaror qilishi mumkin.

Biroq, yomon harakatlarni amalga oshirish maqsadida ochilgan birdan oshiq hisob qaydnomalariga ruxsat etilmaydi. Qoʻgʻirchoqbozlar odatda qoʻgʻirchoqlardan vandallik qilish, boshqa tahrirchilarni taʼqib qilish yoki spam uchun foydalanishadi. Bir nechta hisob qaydnomalaridan nomaqbul maqsadlarda foydalangan foydalanuvchilar bloklanadi.