Vikipediya:Oʻzbekiston Vikimediachilari Birlashmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birlashma rasmiy logotipi
Birlashma rasmiy logotipi

Oʻzbekiston Vikimediachilari Birlashmasi (inglizcha: Wikimedians of Uzbekistan Community) — Oʻzbekiston Respublikasida Vikimedia Jamgʻarmasi tomonidan «Vikimedia ishtirokchilari regional guruhi» sifatida taʼsis etilgan ishtirokchilar guruhi. Birlashma maqsadi — Oʻzbekistonda Vikimedia loyihalarini, ozod litsenziyalar va ularning boshqa jabhalarini ommaviylashtirishdir. Ushbu birlashma 2015-yilning 5-avgust kuni tashkil etilgan.

  • Oʻzbekiston aholisi orasida Vikimedia loyihalaridan foydalanish va ularda ishtirok etishni ommaviylashtirish
  • Ularga Vikimedia loyihalarida ishtirok etish va tahrirlashda koʻmaklashish
  • Vikimediyachilar uchun Oʻzbekistonda jonli uchrashuvlar tashkil etish
  • Oʻzbekistonda Vikipediya va Vikimaʼlumotlar tahrirlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish
  • Vikimedia loyihalarida Oʻzbekiston va oʻzbek tili bilan bogʻliq kontentni tahrirlashga chorlash
  • Butun Oʻzbekiston hududida Vikimedia loyihalarida qay tarzda ishtirok etish va qanday qilib tahrirlash borasida treninglar oʻtkazish

Faoliyat toʻgʻrisida maʼlumot[manbasini tahrirlash]