Vikipediya:Oʻchirishga/Ustki qismi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu sahifada foydalanuvchilar sahifalarni oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatishadi. Soʻrovlar dalillarga asoslangan hamda Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.

Oʻchirishga soʻrov qoldirish
I Oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatmoqchi boʻlgan sahifangizga oʻtib, uning eng boshiga {{oʻchirishga}} ni joylang.
II Joylangan andozadagi qizarib turgan „Vikipediya:Oʻchirishga/Nomzod sahifa nomi“ havolasi ustiga bosing va ochilgan oynaning eng yuqorisiga quyidagi satrni joylang: {{subst:oʻchirishga2 | s=SahifaNomi | matn=Sahifani nima sababdan oʻchirish kerak? }} ~~~~
III Vikipediya:Oʻchirishga sahifasiga oʻtib, undagi Nomzodlar nomli boʻlimning eng pastiga quyidagi satrni joylang: {{subst:oʻchirishga3 | s=SahifaNomi }}

Bundan tashqari, sahifalarni Twinkle va Adiutor kabi asboblar yordamida oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatishingiz ham mumkin.


Arxiv

Oʻchirishga soʻrovini yopish[manbasini tahrirlash]

  • Oʻchirish boʻyicha muhokama toʻliq yetti kun (168 soat) davom etishi kerak.
  • Konsensus ovozlar soni emas, balki oqilona, mantiqiy, Vikipediya siyosatiga muvofiq keltirilgan dalillarga asoslanadi.
  • Sahifani tezda oʻchirishga nomzodi qilgan foydalanuvchi taklifini qaytarib olib, munozarani tezda saqlab qolish qoidasi 1-sababini koʻrsatgan holda yopishi va maqolani saqlab qolishi mumkin. Buning uchun barcha fikr bildirganlar maqolani Saqlab qolish tarafdori boʻlishi kerak. Shuningdek, chiqarilgan xulosa davom etayotgan muhokamani kutilmaganda tugatib qoʻymasligi kerak. Buni qanday amalga oshirish boʻyicha quyida administrator boʻlmagan holda yopish tartibi (nominatordan tashqari) boʻlimiga qarang.
  • Konsensus uchun yakuniy xulosani oʻchirish muhokamasiga jalb qilinmagan va ishtirok etmagan administrator chiqarishi mumkin.
  • Administrator boʻlmagan va unga aloqador boʻlmagan statusga ega foydalanuvchi maʼlum sharoitlarda oʻchirishga nomzodlikni yopishi mumkin. Administrator boʻlmaganlar chiqara oladigan xulosalar haqida Vikipediya:Administrator boʻlmaganlar chiqaradigan xulosalar. Buni qanday amalga oshirish boʻyicha administrator boʻlmaganlar uchun xulosa chiqarish jarayonida batafsil oʻqish mumkin.
  • Agar konsensus noaniq boʻlsa, natijani Konsensus yoʻq (maqolaning holatiga taʼsir qilmasdan) roʻyxatiga kiritilishi yoki munozara qayta ochilishi mumkin.
  • Munozara har qanday maxsus shartlar qoʻllash orqali yetti kundan oldin yopilishi mumkin.
  • Munozarani yopgan foydalanuvchining munozara sahifasida yopilish haqidagi savollar yoki xavotirlar muhokama qilinishi mumkin. Agar muhokama qoniqarli boʻlmay, aniq asoslar keltirilmasa, xulosa boʻyicha Vikipediya:Oʻchirishni koʻrib chiqish sahifasi orqali shikoyat qilish mumkin.