Vikipediya:Maqola ustaxonasi/Manbalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
4. Manbalar
5. Tarkib
6. Tamom
Manbalarga misollar

Yaxshi manbalar:

  • Kitoblar
  • Gazetalar
  • Nufuzli jurnallar
  • Akademik publikatsiyalar

Yomon manbalar:

  • Bloglar
  • Ijtimoiy tarmoqlar
  • „Shaxsiy bilim-tajriba“
  • Boshqa foydalanuvchilar tekshira olmaydigan har qanday manba

Vikipediyadagi axborot ishonchli va tekshirish mumkin boʻlishi lozim.

Maqolaga faqatgina nufuzli va ishonchli manbalarda eʼlon qilingan fakt, nazariya, nuqtai nazar va argumentlarni qoʻshish mumkin. Manbalar obyektdan mustaqil va aniq boʻlishi kerak. Manba berish Vikipediyaning tamal toshlaridan biridir. Manbasiz material shubha ostiga tushib, yoʻqotilishi mumkin.

Diqqat: Vikipediya maqolalari nufuzli manba emas (biroq ularning ichidagi manbalarni koʻchirib olishingiz mumkin).


Yaxshi manbalar

  1. yaxshi obroʻ-nufuzga ega
  2. mustaqil
  3. tekshirilishi mumkin


Maqolangiz nufuzli, mustaqil manbalar bilan mustahkamlanmagan boʻlsa, uni oʻchirishlari mumkin.


Maqolangiz uchun manbalar bormi?

Rahmat