Vifaq-ul-Madaris al-Arabiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vifaq-ul-Madaris al-Arabiya
Fayl:Wafaq ul Madaris Al-Arabia, Pakistan.JPG
Asl nomi وفاق المدارس العربیہ
Shiori رَبِّ زدْنيِ عِلْماً (arabcha)
Asos solingan 19-oktyabr 1959-yil
Prezident Muftiy Taqi Usmoniy
Rektori Anvar-ul-Haq Haqqan
Ubaydulloh Xalid
Sayyid Sulaymon Yusuf Banuriy
Said Yusuf
Manzili Moʻlton, Pokiston
Vebsayti wifaqulmadaris.org

Koordinatalari: 30°9′34.935120000001″N 71°24′8.2439999999769″E / 30.15970420000000018°N 71.402289999999993597°E / 30.15970420000000018; 71.402289999999993597 G O

Vifaq-ul-Madaris al-Arabia (urdu : وفاق المدارس العربیہ soʻzma-soʻz'Madrasalar federatsiyasi') — Pokistondagi eng yirik islom diniy seminariyalarining federasiyasi boʻlib, 1959-yilda tashkil etilgan. Pokiston boʻylab 10 000 dan ortiq seminariyalar va 23 000 madrasalar federatsiya bilan bogʻlangan. U Deobandiy tafakkur maktabi tomonidan boshqariladigan barcha seminariyalar faoliyatini nazorat qiladi[1][2].

Muftiy Taqi Usmoniy 2021-yil 19-sentyabrda sobiq prezident Abdurazzoq Iskandar vafotidan keyin yangi prezident etib tayinlangan.

Qori Muhammad Hanif Jalandhariy federatsiyaning bosh kotibi. Federatsiyaning bosh ofisi Moʻlton shahrida joylashgan[3].

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Vifaq ul Madaris al-Arabiya“ ning vazifalari seminariyalarni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻquv dasturini yaratish, taʼlim standartlarini tekshirish, imtihonlarni tashkil etish va ilmiy darajalar berishdan iborat[2].

Prezidentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shamsul Haq Afgʻoniy (1959-yil 19-oktyabr — 1963-yil 12-yanvar)
  • Xair Muhammad Jalandhariy (1963-yil 12-yanvar — 1970-yil 22-oktyabr) — Jamiya Xair-ul-Madaris Moʻlton asoschisi[4].
  • Sayyid Yusuf Banuriy (1973-yil 30-may — 1977-yil 17-oktabr) — Jamiya Ulum-ul-Islomiya asoschisi.
  • Muftiy Mahmud (1978-yil 15-may — 1980-yil 14-oktyabr)
  • Muhammad Idris Mirthi (30-noyabr 1980 — 1988)
  • Mavlono Salimulloh Xon (1989-yil 8-iyun — 2017-yil 15-yanvar) — Jamiya Faruqiya Karachi asoschisi[5].
  • Abdurazzoq Iskandar (2017-yil 5-oktabr — 2021-yil 30-iyun) — Jamiya Ulum-ul-Islomiya kansleri[3].
  • Muhammad Taqi Usmoniy (2021-yil 20-sentyabr — hozir)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Amir Wasim. „Ulema urge govt, Taliban to stop fighting (Ulema from Wifaq ul Madaris)“. Dawn (newspaper) (2013-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  2. 2,0 2,1 „Profile of Wifaq ul Madaris Al-Arabia, Pakistan“ (2007-yil 23-oktyabr). 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Govt claims accord on seminaries' regulation“. Dawn (newspaper) (2010-yil 6-oktyabr). 2010-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
  4. Fakhar Bilal. "From Jalandhar (India) to Multan (Pakistan): Establishment of Jamia Khair ul Madaris, 1931-1951". Journal of the Research Society of Pakistan (Research Society of Pakistan) 55 (1 (January–June 2018)). http://pu.edu.pk/images/journal/history/PDF-FILES/5_55_1_18.pdf. Qaraldi: 8 May 2020. Vifaq-ul-Madaris al-Arabiya]]
  5. Maulana Saleemullah passes away Dawn (newspaper), Published 16 January 2017, Retrieved 11 August 2020

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]