Moʻlton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moʻlton — Pokistondagi shahar. Panjob viloyatida, Chinob daryosi yaqinida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1998). Mamlakatning muhim sanoat markazi va transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (asosan, ip gazlama) sanoati rivojlangan. Kimyo, oynashisha, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. M.ga Sun gaz konidan quvur orqali gaz keltiriladi.

M. — badiiy hunarmandchilik (koshin va keramika, gilam, charm buyumlari tayyorlash)ning qad. markazi. Meʼmoriy yoDgorliklardan Shoh Yusuf Gardizi (1150-52), Rukni Aʼlam (1320-24), Shamsi Tabrizi (1780) maqbaralari saqlangan. Shahar miloddan avvalgi 4-asrda barpo etilgan. Miloddan avvalgi 326 yilda Aleksandr Makedoniyalik bosib olgan. 713 yilda arablar egallagan. 8-asrda mustaqil hokimlik markazi. 10-asrda Qarmatlar davlatining eng katta shahri boʻlgan. 11-asrda Mahmud Gʻaznaviy qoʻl ostiga oʻtgan. 12-asrda Gʻuriylar davlatiga qoʻshilgan, 1228 yildan Dehli sultonligi tarkibida. 1398 yildan Amir Temur, 1527 yilda Bobur qoʻshinlari egallagan va 1752 yilgacha Boburiylar saltanati tarkibida boʻlgan. 1818 yilda sekxdar davlatiga qoʻshilgan. 1947 yildan Pokiston tarkibida.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil