Vicente Calderón stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Estadio Vicente Calderón

UEFA
Toʻliq nomi Estadio Vicente Calderón
Oldingi nomlari Estadio Manzanares
(1966—1971)
Manzili Arganzuela, Madrid, Ispaniya
Koordinatalari 40°24′6.19″N 3°43′14.18″W / 40.4017194°N 3.7206056°W / 40.4017194; -3.7206056 G OKoordinatalari: 40°24′6.19″N 3°43′14.18″W / 40.4017194°N 3.7206056°W / 40.4017194; -3.7206056 G O
Sigʻimi 62 000[1]
Maydon oʻlchami 105 m × 70 m (115 yd × 77 yd)
Konstruksiya
Buzilgan joy 3-avgust, 1959-yil (64 yil avval) (1959-08-03)
Ochilgan 2-oktyabr, 1966-yil (57 yil avval) (1966-10-02)
Yangilangan 1972, 1982
Yopilgan 28-may, 2017-yil (6 yil avval) (2017-05-28)
Buzilgan 13-fevral 2019-6-iyul 2020
Arxitektor Javier Barroso
Miguel Ángel García Lomas
Ijarachilar
Atlético Madrid (1966—2017)

Vicente Calderón (ispancha: Estadio Vicente Calderón) — 54,907 tomoshabinlar sigʻimiga ega stadion. U 1966-yildan 2017-yilgacha Atletiko Madrid jamoasining uy stadioni boʻlgan. Ushbu stadion Ispaniyaning Madrid shahridagi Arganzuela hududidagi Manzanares daryosi qirgʻogʻida joylashgan.

Stadion avvaliga Estadio Manzanares deb nomlangan, keyinchalik esa uni uzoq muddat boshqargan Prezident Vicente Calderón sharafiga nom Vicente Calderón Stadiumga oʻzgartirilgan[2]. Stadion 2017-yil LaLiganing 2016—2017-yilgi mavsumidan soʻng, Atletiko Madridning Metropolitano Stadioniga koʻchishi munosabati bilan yopildi. Buzish ishlari esa 2019-yilda boshlanib, bir yilda yakunlangan.

Visente Calderón stadioni 1966-yilda ochilganda 62,000 insonni oʻz bagʻriga sigʻdirgan. 1982-yilgi Jahon Chempionati sababli esa qoʻshimcha 4000ta oʻrindiq qoʻshilgan va 1982-yildan 2001-yilgacha 66,000 muxlisni sigʻdirgan. 2001-yildan keyin to 2017-yilda yopilguniga qadar, stadionda kichik qisqartirish ishlari boʻlgan va sigʻim 55,000dan kamroqni tashkil qilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion qurilishi El Metropolitano stadioni oʻrniga 1956-yildan boshlangan, lekin moliyaviy kamchiliklar tufayli keyinga qoldirilgan. Maydon Estadio del Manzanares nomi ostida 1966-yilda ochildi hamda 1972-yilda bu nom Vicente Calderónga oʻzgartirilgan[3]. 1966-yildda ochilganida 62,000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdirgan. 1982-yilda Jahon chempionati tufayli yanada koʻproq odam sigʻimi talab qilindi va 66,000tagacha koʻpaytirildi. Ushbu koʻrsatkich 2001-yilgacha ushlab qolindi. Shundan keyin stadion qadam-baqadam maʼlum vaqtlar davomida kichraytirilgan.

Vicente Calderón stadioni

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estadio Vicente Calderón Manzanares daryosi boʻyida joylashgan. Stadionga eng yaqin metro bekati Line 5dagi Pirámides hisoblanadi[4].

Copa del Rey finallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estadio Vicente Calderón 14 marta: 1973, 1974,1975,1977, 1979, 1981, 1986, 1989, 1994, 2005, 2008, 2012, 2016 va 2017-yillardagi Copa del Rey finallariga mezbonlik qilgan.

1982-yilgi FIFA Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatining 3ta oʻyiniga mezbonlik qilgan:

Sana № 1 jamoa Natija № 2 jamoa Bosqich
1982-yil 28-iyun [5]  Avstriya 0-1  Fransiya D guruhi
1982-yil 1-iyul [6]  Avstriya 2-2  Shimoliy Irlandiya
1982-yil 4-iyul [7]  Shimoliy Irlandiya 1-4  Fransiya
Stadionning panoramik koʻrinishi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vicente Calderón“. 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyul.
  2. „Vicente Calderón stadioni“.
  3. „"Atletiko"ning Manzanaresga qilgan transferi“ (1-oktabr 2016-yil). 1-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Estadio Vicente Calderón“ (30-dekabr 2012-yil). 30-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Austria-France“. 1982 FIFA World Cup Spain. FIFA. 2018-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  6. „Austria-Northern Ireland“. 1982 FIFA World Cup Spain. FIFA. 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  7. „France-Northern Ireland“. 1982 FIFA World Cup - Spain. FIFA. 2019-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]