Vibrometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vibrometr (lot. vibro — tebrataman va ... metr) — tebranuvchi (titrovchi) jismlar (mashinalar, imorat va b. inshootlar)ning mexanik tebranishi va titrashini oʻlchaydigan asbob. Koʻrsatkichlarni qayd qiladigan V.vibrograf deb ataladi. V.ning korpusi tekshiriladigan obʼekt (mas., samolyot)ga mahkam bogʻlanadi, korpus obʼekt bilan birga titraganda V.dagi yuk oʻz inersiyasi taʼsirida dastlabki vaziyatini saqlashga intiladi. Shunda korpus va yukning bir-biriga nisbatan siljishi V. yordamida oʻlchanadi. V. 10 Gs dan 20 kGs gacha va undan ortiq chastotada 0,1 mkm dan 1 m gacha siljishlarni oʻlchaydi. V. turli qurilmalarning titrashini oʻlchashda, geofizika va seysmologiyada qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil