Vibroizolyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vibroizolyatsiya - odamlar va inshoot, mashina, asboblarni titrash (vibratsiya)ning zararli taʼsiridan himoya qilish. Bunda titrash manbai bilan himoya qilinayotgan obyekt orasiga titrashlar energiyasini yutadigan, yaʼni titrashlarni yumshatadigan moslama yoki qurilma — dempferlar qoʻyish orqali amalga oshiriladi. Odatda, passiv V. qoʻllaniladi. Bunday hollarda titrash manbaI taʼsirida deformatsiyalanuvchi oraliq element vibroizolyator vazifasini bajaradi. Muhim hollarda past chastotali vibratsiyani (sekinroq titrashlarni) kamaytirish uchun aktiv V. qoʻllaniladi. Bunda elastik elementlarning deformatsiyalanishini avtomatik rostlash tizimi boshqaradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil