Vibratsiya texnikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vibratsiya texnikasi - mexanik tebranishlar (titrashlar, vibratsiyalar)ni hosil qilish usullari va vositalari majmui; shuningdek titrashlarni boshqarish, ulchash, nazorat qilish va zararli titrashlar bilan kurashish usullari. V. t. vositalariga foydali ishlar (mas., grunt, beton qorishmalarni zichlash, inshoot va apparatlarni sinash ishlari)ni bajarish uchun ataylab hosil qiladigan vibratsiya mashinasi, vibratsiya stendlari, asboblar, apparaturalar, qurilmalar; titrashlarni boshqaradigan va ularni oʻlchaydigan apparatlar; titrashga qarshi texnika vositalari, yaʼni zararli titrashlarni soʻndirish, izolyatsiyalash qurilmalari kiradi.

V. t. vositalarining ish organlari yuritmasini titratishning eng keng tarqalgan turi markazdan qochma usulda, porshen, krivoshin-shatun yordamida titratish hisoblanadi. V. t.da vibratsiya parametrlari (siljishlar, tezliklar va tezlanishlar, chastota, faza, amplitudalar)ni oʻlchash bilan vibrometriya shugʻullanadi. U idya vibrometr va akselerometr kabi asboblardan foydalaniladi.

V. t.ning masalalaridan biri insonlar, asboblar, mashina va inshootlarni titrashning zararli taʼsirlaridan himoya qilish hisoblanadi. Buning uchun qoʻshimcha energiya manbalarini talab qilmaydigan odatdagi passiv vibro-izolyatsiyadan tashqari statik va dinamik muvozanatlash usullari, inersiyali hamda elastik parametrlar va b. qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil