Vez aliy Andrey
Qiyofa
VEZ ALIY (Vesalius) Andrey (1514.31.12, Bryussel - 1564.15.10, Zante) — Uygonish davri tabiatshunosi va hozirgi zamon anatomiyasi asoschisi. 1539-yildan Paduya universitetida professor Anatomiyani oʻqitishda birinchi boʻlib oʻlikni yorish usulini qoʻllagan. V. "Odam tanasining tuzilishi haqida" nomli asarida (1543), oʻzining tadqiqot maʼlumotlariga asoslanib, odam tanasining tuzilishini ilmiy izoxlab bergan. V. kashfiyoti Garveynmng qon aylanish doirasini oʻrganishiga zamin boʻldi. V. anatomiyani oʻrganishning yangi usulini ishlab chiqqanligi uchun cherkov tomonidan taʼqib qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |