Veterinariya shifoxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veterinariya shifoxonasi -kasal hayvon va parrandalarni davolaydigan muassasa. V. sh. kasal hayvon va parrandalarga dastlabki yordam koʻrsatish va kasallik oldini olish choralarini koʻradi, zoonozlar epidemiyasiga qarshi veterinariya-sanitariya va ayrim profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, aholi oʻrtasida veterinariya sohasida tushuntirish ishlarini olib boradi. Shahar, tuman va uchastka V. sh. bor. Uchastka V. sh. esa tuman veterinariya shifoxonasi qoshida tuziladi. Bulardan tashqari koʻchma veterinariya shifoxonasi ham boʻladi. Uning vazifasi yukrrida keltirilganlardan tashqari yaylovlarga va chorva mollari joylashgan yerlarga veterinariya mutaxassislarini zarur doridarmonlar va biologik preparatlar bilan birga tezlikda yetkazib borishdan iborat. Kuchma veterinariya shifoxonasida kerakli asbob-uskuna, jihoz, idish va doridarmonlar boʻlib, bularning hammasi maxsus avtomashinaga oʻrnatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil