Veterinariya akusherligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veterinariya akusherligi -klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. V. a. qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. V.a. hayvonlar morfologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, mikrobiologiyasi, zoogigiyenasi, xirurgiyasi va b. fanlarga tayanib ish olib boradi. Veterinariya sohasidagi olimlar hayvonlarning qisir qolishi, bola tashlashi va mastit kasalliklari tasnifini, boʻgʻoz mollar diagnostikasining turli usullarini, jinsiy aʼzo va tugʻruq yoʻllarida sodir boʻladigan kasalliklarni davolash yoʻllarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etdi. Akusherlik muammolarining ilmiy asoslari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya, Chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlari, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, shuningdek veterinariya lab.lari shugʻullanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil