Veterinariya-sanitariya stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veterinariya-sanitariya stansiyasi — shahar, shahar atrofidagi jamoa, shirkat, aksionerlik va fermer xoʻjaliklarining chorvachilik obʼektlariga, shuningdek teri, jun mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar hamda oziq-ovqat korxonalariga xizmat qiluvchi muassasa. U maxsus mashinalar bilan jihozlangan boʻladi. Veterinariya-sanitariya stansiyasi xizmat qilayotgan hududdagi chorvachilik va b. binolarni, hayvon xom ashyolariii dezinfeksiya qiladi; oʻlgan hayvonlarni utilizatsiya korxonalariga, musodara qilingan mahsulotlarni, goʻshtni qayta ishlash korxonalariga eltib topshiradi. Shuningdek, Veterinariya-sanitariya stansiyasi.hayvonlar quturishiga qarshi kurash olib boradi, veterinariya idoralariga veterinariyasanitariyaning hamma masalalarida maslahatlar beradi, hayvon, parranda va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, veterinariya-sanitariya zavodlari va utilizatsiya qurilmalari ustidan nazorat qilib turadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil