Vertikal doira asbobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vertikal doira asbobi - osmon yoritqichlarining ufqdan balandligini, shuningdek kuzatuv joylarining geografik koordinatalarini oʻlchash uchun ishlatiladigan astronomiya asbobi. Tuzilishi va ishlash usuliga koʻra universal asbobga oʻxshaydi. V. d. a. gorizontal oʻqqa oʻrnatilgan optik truba va darajalarga boʻlingan doiradan iborat. Uni ikkinchi (vertikal) oʻq atrofida istalgan vaziyatga burish mumkin. Bu asbobdan asosan yulduzlarning mutlaq kataloglari (jadvallari) ni tuzishda foydalaniladi. V. d. a.ni yasash gʻoyasini 19-asrda V. Ya. Struve oʻrtaga tashlagan. 1962 yilda Leningraddagi Pulkovo rasadxonasida fotografik V. d. a. yaratilgan, unda yoritqichlarni kuzatish jarayonlari deyarli avtomatlashtirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil