Vertikal (kosmik zond)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"VERTIKAL" — kosmik zond. Yer atmosferasi yuqori qatlamlarini va Yer atrofi kosmik fazosini tadqiq qilish uchun uchirilgan kosmik apparat. 1967-yil 12 oktabrda uchiruvchi raketa yordamida 4400 km balandlikka chiqarilgan. Asosiy maqsadi: ionosfera (elektronlar va musbat zaryadlangan ionlar konsentratsiyasi, elektronlar temperaturasi)ning balandlik boʻyicha taqsimlanishini, kosmik nurlarning umumiy intensivligini, neytral vodo-> rodning zichligini hamda radiatsiya mintaqalaridan oʻtishda turli himoya qatlamlaridan oʻtgan radiatsiya dozasining pasayishini aniqlash boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil