Versal sulh shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Versal sulh shartnomasi — 1-jahon urushi tugaganidan keyin gʻolib davlatlar bilan Germaniya oʻrtasida Versal shahrida imzolangan sulh shartnomasi (1919-yil 28-iyun). Unga binoan Germaniya ilgari bosib olgan anchagina hududlarni boʻshatib berdi. Fransiya — Elzas va Lotaringiya viloyatlarini, Polsha ilgari oʻziga tegishli boʻlgan ayrim hududlarni qaytarib oldi. Yangidan tashkil topgan Chexoslovakiya, Avstriya, Polsha davlatlarining mustaqilligi va daxlsizligini Germaniya tan oldi. Germaniyaning 100 ming kishidan ortiq armiyaga ega boʻlishi va majburiy harbiy xizmat joriy etishi taʼqiqlab qoʻyildi, u 1-jahon urushining aybdori, deb topilib, zimmasiga Antanta davlatlariga 132 mlrd. marka kontributsiya (tovon) toʻlash majburiyati yuklandi.

Versal sulh shartnomasi Germaniya iqtisodiyoti ustidan gʻolib davlatlar nazoratini oʻrnatdi. Gitler hokimiyat tepasiga kelgach, shartnomani buza boshladi, unda koʻrsatilgan harbiy majburiyatlarni bajarmasligini bildirdi (1935-yil 25-may). 2-jahon urushi boshlariga kelib Versal sulh shartnomasi butunlay ahamiyatsiz boʻlib qoldi.

Imzolanish tarixi[tahrir]

Versal tinchlik shartnomasi 1919-yil 28-iyun kuni Versal saroyida magʻlub Germaniya blan gʻolib Antanta davlatlari oʻrtasida imzolangan. Bu shartnoma tarixga Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi. Versal shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning ayibdori deb eʼlon qildi.

Shartnoma shartlari[tahrir]

Shartnomaga koʻra Fransiya Elzas va Lotaringani oʻziga qaytarib oldi. Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar ittifoqi boshqaruviga berildi. 15 yildan soʻng bu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigon boʻldi. Uning koʻmir havzasi shaxtalari Fransiya mulki boʻlib qoldi. Reyn daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyindan sharqqa qarab 50 km hudud toʻla demilitarizatsiyalashtirildi Germaniya Polsha va Chexoslovakiyaning mustaqilligini tan oldi. Bir payitlar Pressiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomore Polshaga berildi. Buning nqtijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega boʻldi. Eypen, Malmedi va Morelle Belgiyaga berildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil