Veroneze Paolo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VERONEZE (Veronese) Paolo (haqiqiy ismi Kalyari, Caliari) (1528, Verona — 1588. 19.4, Venesiya) — Uygʻonish davri italyan rassomi. Monumental bezak, rangtasvir ustasi. Venesiya maktabi vakili. V. ijodi (asarlari,namoyon va dastxatlari) tantanavor ruhdagi ijrosi, meʼmorlik bilan uzviy bogʻliqligi, mujassamotlarining kengligi, yorqin tovlanuvchi kumush rangning ustunligi bilan ajralib turadi. Shuningdek uning asarlaridan diniy mavzular, Qad. Rim oqsuyaklarining dabdabali hayoti ham keng oʻrin olgan. Kartina va devoriy rasmlarida atlas, zarbof va shoyi libos kiygan zabardast va goʻzal kishilar ifodalangan. Rassom ularni imorat va moviy osmon fonida tasvirlaydi: Mazerdagi Barbaro-Volpi villasidagi freskalar, "Kanidagi nikoh" (1563, Luvr), "Kuchchin va avliyolar bilan turgan madonna" (1570), "Venesiya zafari" (1578—85), "Agar va Ismoil sahroda"(1580 yillar), "Iso paygʻambarga motam tutish" (1580 yillar) va b.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil