Vermipsillyoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vermipsillyoz — hayvonlarda Vermipsyllidae oilasiga mansub burgalar paydo kiladigan invazion kasallik. Asosan qoʻy (qoʻzichoqlarda ogʻir kechadi), echki, yosh boʻtaloqlar kasallanadi. Kasal hayvonlarda tez ozib ketish, parcha-parcha jun toʻkilib ketishi, dermatitlar (terining qizarishi, qichishi), anemiya kuzatiladi.

Davosi: sovuq davrda insektitsid dustlar — piretrum, xlorofos va b.; issiq davrda xlorofos eritmasi, trixlormetafos-3 emulsiyasi purkaladi. Oldini olish: ogʻilxonalarni va chorva hayvonlari turadigan joylarni toza tutish.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil