Vermikulit
Vermikulit (lotincha: vermiculus – chuvalchang) – gidroslyuda guruhidagi mineral. Qizdirganda kuyib, koʻpchiydi, hajmi 10—25 marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Tarkibida marganes, temir, alyuminiy, kremniy oksidi, kislorod va vodorod bor. Monoklin singoniyali. Yupqa tangachasimon, varaqsimon kristallar yoki plastinkasimon agregatlar. Rangi qoʻngʻir-sariq, qoʻngʻir, toʻq yashil. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon. Qattiqdigi 1—1,5. S ogʻ. 2,3. Vermikulit gipergen jarayonida magniy-temirli slyudalarning nurashi natijasida hamda gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Sulton Uvays, Nurota (Langar koni) togʻlaridan topilgan. Yirik konlari Qozogʻiston (Barchin), RFda (Ural, Saxa-Yakutiyada), AQSH va Avstraliyada uchraydi. Vermikulit issiq va sovuqni oʻtkazmaydigan izolyator sifatida qurilishda (betonga aralashma), qishloq xoʻjaligida (tuproq namligini saqdovchi) ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Vermikulit“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (V-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |