Verifikatsiya
Verifikatsiya (lotincha: verus — haqiqiy va facio — bajaraman) — mantiqdagi tushuncha. Bunda fanning nazariy qoidalarini kuzatilayotgan obʼektlar, hissiy maʼlumotlar, eksperimentlarga taqqoslash yoʻli bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash tushuniladi. V. qoidasi mantitsiy pozitivizmning asosiy tushunchalaridan boʻlib, tajriba asosida bevosita tekshirib koʻrilmagan ilmiy dalillarning bilish ahamiyatini inkor etadi. Hozirgi zamon mantiqqa oid uslubiy adabiyotlarda oddiy "verifikatsionizm"ga nisbatan keskin tanqidiy munosabat mavjud boʻlib, V.ga ilmiy bilim rivojlanishining murakkab. ziddiyatli jarayoni sifatida, bir-biri bilan kelishmaydigan nazariyalar va ularning tajribada olingan maʼlumotlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar natijasi sifatida qaralmoqda.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |